Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Akmal Xolmurodov: “Qo‘qon-1912” o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan jamoa"

Akmal Xolmurodov: “Qo‘qon-1912” o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan jamoa"

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" tarkibiga Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasidan kelib qo‘shilgan Akmal Xolmurodov bilan jamoadagi dastlabki taassurotlari haqida suhbatlashdik.

– Akmaljon jamoaga xush kelibsiz. Qo‘qonga kelishingiz qanday amalga oshdi?
– Meni Qo‘qonga jamoa bosh murabbiyi No‘’mon aka Hasanov taklif qildilar. Biz No‘’mon aka bilan bir-birimizni yaxshi bilamiz. “Paxtakor” jamoasida birga ishlaganmiz. Bosh murabbiy bu yil jamoa oldiga kuchli oltilikka kirish vazifasi qo‘yilganini , kelgusida rejalar yanada yuqori ekanligini aytganlaridan so‘ng men taklifni qabul qildim.Albatta har bir futbolchi o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoada to‘p surishni istaydi.

– Jamoaning mashg‘ulotlarida qatnashmoqdasiz, “Paxtakor”ga qarshi o‘yinda maydonga ham tushdingiz. Jamoa haqida dastlabki taassurotlaringiz qanday?
– Qo‘qon jamoasida meni juda yaxshi kutib olishdi. Ko‘plab futbolchilar bilan eskidan do‘stligimiz borligi uchun jamoaga kirishib ketishim qiyin kechmadi. Jamoadagi tashkiliy ishlar esa meni lol qoldirdi. Hammasi a’lo darajada. Mashg‘ulotlar juda qiziqarli va jiddiy tarzda o‘tkazilmoqda. Jamoada hamma ahil-inoq, ichki muhit havas qilarli darajada. Men o‘ylayman bu yilgi mavsumda Qo‘qonlik muxlislar o‘zlari kutayotgan jamoani maydonda ko‘rishadi. “Paxtakor” jamoasi bilan nazorat o‘yinida garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham o‘yinimiz yomon chiqmadi. Hatto biz dastlab hisobda oldinga chiqib olgan edik. Birinchi bo‘limni o‘zidayoq maydonda bir kishi kam bo‘lib qolganimiz yakunda natijaga o‘z tasirini o‘tkazdi deb o‘ylayman.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 14:12, 11.01.2017.
O'qildi: 5776 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.