Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

19 mamlakat Rossiyani barcha xalqaro sport musobaqalaridan chetlatishga chaqirdi

19 mamlakat Rossiyani barcha xalqaro sport musobaqalaridan chetlatishga chaqirdi

Baho:
+ | -

19 mamlakatning milliy antidoping tashkilot (NADO)lari rahbarlari Rossiyani barcha xalqaro musobaqalardan chetlatish va uni xalqaro turnirlar mezbonligidan mahrum qilishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Meduza.

AQSH Antidoping agentligi (USADA) axborotiga ko‘ra, ushbu qaror Dublindagi sammitda qabul qilingan.

Mazkur bayonot berilishiga Richard Maklaren komissiyasi o‘z hisobotining ikkinchi qismini e’lon qilishi sabab bo‘lgan: hisobotda Rossiyada doping ommaviy ravishda qo‘llanilgani va doping tekshiruvlarining ijobiy natijalari yashirib kelingani haqida so‘z boradi.

Antidoping tashkilotlari vakillari rossiyalik sportchilarga, tegishli tekshiruvdan o‘tgan holda, hech bir mamlakat sharafini himoya qilmay, betaraf atlet sifatida musobaqalarda qatnashishni taklif qilgan.

Bayonotni imzolagan 19 ta mamlakat qatoridan Avstriya, Belgiya, Kanada, Xorvatiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Yaponiya, Niderlandiya, Polsha, Sloveniya, Ispaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Shvesiya, Shveysariya va AQSH o‘rin olgan.

NADO sammitining taklifiga javoban, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari va sobiq sport vaziri Vitaliy Mutko Rossiyada doping bo‘yicha davlat dasturi amalda bo‘lgani haqidagi da’volarni yolg‘on deb atadi.

Misol tariqasida Mutko rossiyalik sportchilar tekshiruvi bilan Britaniya antidoping agentligi (UKAD) shug‘ullangan 2016 yil yakunlarini keltirdi. Yil davomida faqat 26 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan bo‘lib, ularning 21 tasi yil boshida taqiqlangan meldoniy moddasi bilan bog‘liq.

Maklaren o‘z hisobotida mingdan ortiq rus sportchilari u yoki bu darajada doping qabul qilishga aloqador ekanini ta’kidlagan. U, shuningdek, 2014 yil Sochida bo‘lib o‘tgan Olimpiada vaqtida ijobiy natija ko‘rsatgan doping namunalarini maxsus almashtirib qo‘yish jarayoni amalda bo‘lgani haqida ma’lum qilgan; uning ta’kidlashicha, bu Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) ko‘magida amalga oshirilgan.

Maklaren boshchiligida Jahon antdoping agentligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida rossiyalik paralimpiyachilar Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan 2016 yilgi Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatilgan edi. Musobaqalardan, shuningdek, rossiyalik barcha yengil atletikachilar ham chetlatilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:25, 11.01.2017.
O'qildi: 10692 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.