Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Osiyoning eng yaxshi futbolchilari. 51-75-o‘rinlardan 3 nafar o‘zbekistonlik futbolchi o‘rin oldi

Osiyoning eng yaxshi futbolchilari. 51-75-o‘rinlardan 3 nafar o‘zbekistonlik futbolchi o‘rin oldi

Baho:
+ | -

Sandalsforgoalposts.com veb-sayti 2016 yildagi Osiyoning eng kuchli 100 nafar futbolchisidan iborat reyting tuzib chiqdi. Veb-sayt tahririyati ro‘yxatning ikkinchi qismini e’lon qildi. Unda 51-75-o‘rinlarni egallagan 25 nafar futbolchi joy olgan. E’tiborli tomoni, bu futbolchilar orasida 3 nafar o‘zbekistonlik o‘yinchi bor.

71-o‘rin. Aleksandr Lobanov, "Paxtakor", darvozabon
Reytingning 71-pog‘onasini O‘zbekiston terma jamoasi posboni Aleksandr Lobanov egallagan. U 2016 yil davomida O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini 7ta rasmiy o‘yinda qo‘riqlab, ularning beshtasida darvoza daxlsizligini saqlab qolgan. Uning ishlari Eron chempionatida ("Persepolis") yurishmagach, avgust oyidan boshlab "Paxtakor"ga qaytdi.

57-o‘rin. Sardor Rashidov, "Al-Jaish", Qatar, yarim himoyachi
Sardor Qatar chempionatida o‘zining ilk mavsumini o‘tkazdi. Uning ishtiroki yomon chiqmadi, ammo terma jamoa safida u qadar samarali o‘yin namoyish qilmadi. Ayniqsa, uzoq davom etgan yozgi ta’tildan so‘ng u formasini tiklab olishi qiyin kechdi. O‘zbek futbolchisi yangi mavsumda "Al-Jaish" tarkibida 10ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Rashidov "Jaish" tarkibida OCHLning yarim final bosqichigacha yetib bordi. Nashr o‘tgan yilgi reytingda Sardor Rashidovni 22-o‘ringa qo‘ygandi.

52-o‘rin. Vitaliy Denisov, "Lokomotiv", Rossiya, himoyachi
O‘zbekistonlik himoyachi o‘tgan yilgi reytingda 80-o‘rinda qayd etilgandi. Bu safar hamyurtimiz yuqoriroqqa joylashtirildi. Vitaliy Denisov o‘z klubida ham, O‘zbekiston terma jamoasida muhim futbolchi bo‘lib qolmoqda. U chap qanot himoyasini egallasa ham, doimo hujumga qo‘shilib turadi.

Eslatib o‘tamiz, Sandalsforgoalposts.com tomonidan tuzilgan reytingda "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqovga 88-o‘rinni egallagandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:22, 11.01.2017.
O'qildi: 16450 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик