Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Yurgen Klopp: "Javob o‘yini butunlay boshqacha bo‘ladi"

Yurgen Klopp: "Javob o‘yini butunlay boshqacha bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Liga kubogi yarimfinalining birinchi o‘yinida "Sautgempton"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘tkazib yuborilgan golga noto‘g‘ri munosabatda bo‘ldik. Biz raqib ortidan ulgurmadik, yetarli darajada jipslasha olmadik. Buni tushuntirish oson - biz safardagi kubok uchrashuviga noto‘g‘ri reja tuzdik. Bunday uchrashuvlarda har doim qiyin bo‘lgan.

"Sautgempton" ko‘proq vaziyatlar yaratdi, chunki biz jipslashib harakat qilmadik. Karius bizni qo‘lidan kelganicha saqladi. Raqib haqli g‘alabaga erishdi, ammo bu birinchi o‘yin, xolos.

O‘yinimizdan qoniqmadim. To‘p bilan ko‘proq muomala qilishimiz kerak edi. Biz bundan yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Bunaqasi bo‘lib turadi.

O‘yinni yomon boshlamadik, ammo o‘tkazib yuborilgan golga javob berolmadik. Nima bo‘lganini tushunish uchun o‘yinni qayta ko‘raman. Javob uchrashuvi butunlay boshqacha bo‘ladi. Hammasi hal bo‘lgani yo‘q", - deydi Klopp.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 03:44, 12.01.2017.
O'qildi: 6516 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.