Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

«Oltin to‘p»: Metyuzdan Ronaldugacha (2-qism)

«Oltin to‘p»: Metyuzdan Ronaldugacha (2-qism)

Baho:
+ | -

Maqolaning avvalgi qismida futbol olamining eng oliy individual sovrini - «Oltin to‘p» tarixida nechta mamlakat vakili laureatga aylangani xususida ma’lumot bergandik.

Shuningdek, 1956-1965 yillar oralig‘ida sovrin sohibi bo‘lgan futbolchilarning eng yuqori natijalari bilan tanishtirgandik. O‘sha maqola davomi o‘laroq, bu gal laureatlarni klublarga ajratib chiqamiz. Xo‘sh, France Football tomonidan ta’sis etilgan sovrin shu kungacha nechta klub a’zosi mulkiga aylangan? Demak, «Oltin to‘p» bilan jami 21ta klub aloqadordir. Bu borada peshqadamlik «Barselona»ga tegishli -11,5ta (Luish Figuga tegishli «Oltin to‘p»ning yarmi «Real» hisobida, negaki, portugaliyalik yarim himoyachi uni 2ta klubdagi xizmatlari uchun olgan). Xullas, ayrim futbolchilar sovringa loyiq ko‘rilgan mavsumda 2ta klub sharafini himoya qilishgan va bu jamoalar hisobiga «0,5» ko‘rinishida yozilgan. «Oltin to‘p»ning klublar o‘rtasidagi taqsimoti:

1. Barselona» (Ispaniya) - 11,5ta (Luis Suares - 1ta, Yoxan Kroyff - 2ta, Xristo Stoichkov -1ta, Rivaldo -1ta, Luish Figu - 0,5ta, yangi mavsum Ronaldinyo - 1ta, Lionel Messi - 5ta)

2. «Yuventus» (Italiya) - 8,5ta (Omar Sivori - 1ta, Paolo Rossi - 1ta, Mishel Platini - 3ta, Roberto Badjo - 1ta, Zayniddin Zidan - 1ta, Pavel Nedved - 1ta, Fabio Kannavaro - 0,5ta)

3. «Real» (Ispaniya) - 8ta (Alfredo di Stefano - 2ta, Raymon Kopa - 1ta, Ronaldo - 1ta, Luish Figu - 0,5ta, yarim mavsum, Fabio Kannavaro - 0,5ta, yarim mavsum, Krishtianu Ronaldu - 3ta)

4. «Milan» (Italiya) - 7ta (Janni Rivera - 1ta, Ruud Gullit - 0,5ta, yarim mavsum, Marko van Basten - 3ta, Jorj Vea - 0,5ta, yarim mavsum, Andrey Shevchenko - 1ta, Kaka - 1ta)

5. «Bavariya» (Germaniya) - 5ta (Gerd Myuller - 1ta, Frans Bekkenbauer - 2ta, Karl-Xayns Rummenigge - 2ta)

 6. «Manchester Yunayted» (Angliya) - 4ta (Denis Lou -1ta, Bobbi Charlton -1ta, 

Jorj Best - 1ta, Krishtianu Ronaldu - 1ta)

7-9. «Dinamo» K. (Ukraina) - 2ta (Oleg Bloxin - 1ta, Igor Bloxin - 1ta)

7-9. «Gamburg» (Germaniya) - 2ta (Kevin Kigan - 2ta)

7-9. «Inter» (Italiya) - 2ta ( Lotar Matteus - 1ta, Ronaldo -1ta)

10-19. «Blekpul» (Angliya) - 1ta (Stenli Metyuz)

10-19. «Dukla» (CHexoslovakiya) - 1ta ( Yozef Masopust - 1ta)

10-19. «Dinamo» M. (sobiq ittifoq|Rossiya) -1ta (Lev Yashin -1ta)

10-19. «Benfika» (Portugaliya) -1ta (Eysebio - 1ta)

10-19. «Ferensvarosh» (Vengriya) - 1ta (Florian Albert - 1ta)

10-19. «Ayaks» (Gollandiya) - 1ta (Yoxan Kroyff - 1ta)

10-19. «Borussiya» M. (Germaniya) - 1ta (Alan Simonsen - 1ta)

10-19. «Marsel» (Fransiya) - 1ta ( Jan-Pyer Papen - 1ta)

10-19. «Borussiya» D. (Germaniya) - 1ta (Mattias Zammer - 1ta)

10-19. «Liverpul» (Angliya) - 1ta (Maykl Ouen -1ta)

20-21. «PSJ» (Fransiya) - 0,5ta (Jorj Vea - 0,5ta, yarim mavsum)

20-21. PSV (Gollandiya) -0,5ta (Ruud Gullit -0,5ta, yarim mavsum)

Endi laureatlar (1966 yildan keyin) va ularning natijalari bilan tanishtirishda davom etamiz.

1966 yil - Bobbi CHARLTON (Angliya). «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi. 1937 yilning 11 oktyabrida Eshington (Angliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Angliya chempioni (1957, 1965, 1967); Angliya kubogi (1963); Yevropa Chempionlar kubogi (1968); jahon chempioni (1966); Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (1966)

1967 yil - Florian ALBERT (Vengriya). «Ferensvarosh» yarim himoyachisi. 1941 yilning 15 sentyabrida Gersegshanto (Vengriya)da tug‘ilgan va 2011 yilning 31 oktyabrida Budapesht (Vengriya)da vafot etgan. Sovrinlari: Vengriya chempioni (1963, 1964, 1967, 1968); Vengriya kubogi (1972); Yarmarkalar kubogi (1965)

1968 yil - Jorj BEST (SHimoliy Irlandiya). «Manchester Yunayted» hujumchisi. 1946 yilning 22 mayida Belfast (SHimoliy Irlandiya)da tug‘ilgan va 2005 yilning 25 noyabrida London (Angliya)da vafot etgan. Sovrinlari: Angliya chempioni (1965, 1967); Yevropa Chempionlar kubogi (1968); Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (1968)

1969 yil - Janni RIVERA (Italiya). «Milan» yarim himoyachisi. 1943 yilning 18 avgustida  Alessandriya (Italiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Italiya chempioni (1962, 1968, 1979); Italiya kubogi (1967, 1972, 1977); Yevropa Chempionlar kubogi (1963, 1969); Kubok egalarikubogi (1968, 1973); Qit’alararo kubok (1969); Yevropa chempioni (1968); Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1973)

1970 yil - Gerd MYULLER (GFR). «Bavariya» hujumchisi. 1945 yilning 3 noyabrida Nordlingen (GFR|Germaniya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: GFR chempioni (1969, 1972-1974); GFR kubogi (1966, 1967, 1969, 1971); Yevropa Chempionlar kubogi (1974-1976); Kubok egalari kubogi (1967); Qit’alararo kubok (1976); Yevropa chempioni (1972); jahon chempioni (1974); GFRning eng yaxshi futbolchisi (1967, 1969); jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari (1970); GFR chempionatining eng yaxshi to‘purari (1967, 1969, 1970, 1972-1974, 1978); «Oltin butsa» laureati (1970, 1972)

1971, 1973 va 1974 yillar - Yoxan KROYFF (Gollandiya). «Ayaks» (1971) va «Barselona» (1973, 1974) hujumchisi. 1947 yilning 25 aprelida Amsterdam (Gollandiya)da tug‘ilgan va 2016 yilning 24 martida Barselona (Ispaniya)da vafot etgan. Sovrinlari: Gollandiya chempioni (1966-1968, 1970, 1972, 1973, 1982-1984); Ispaniya chempioni (1974); Gollandiya kubogi (1967, 1970-1972, 1983, 1984); Ispaniya chempioni (1978); Yevropa Chempionlar kubogi (1971-1973); Yevropa superkubogi (1973); Qi’alararo kubok (1972); Gollandiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1967, 1972)

1972 va 1976 yillar - Frans BEKKENBAUER (GFR). «Bavariya» himoyachisi. 1945 yilning 11 sentyabrida Myunxen (GFR|Germaniya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: GFR chempioni (1969, 1972-1974, 1982); AQSH chempioni (1977, 1978, 1980); GFR kubogi (1966, 1967, 1969, 1971); Yevropa Chempionlar kubogi (1974-1976); Kubok egalari kubogi (1967); Qit’alararo kubok (1976); Yevropa chempioni (1972); jahon chempioni (1974); GFRning eng yaxshi futbolchisi (1966, 1968, 1974, 1976)

1975 yil - Oleg BLOXIN (sobiq ittifoq|Ukraina). «Dinamo» (Kiyev) hujumchisi. 1952 yilning 5 noyabrida Kiyev (sobiq ittifoq|Ukraina)da tug‘ilgan. Sov-rinlari: sobiq ittifoq chempioni (1974, 1975, 1977, 1980, 1981, 1985, 1986); sobiq ittifoq kubogi (1974, 1978, 1982, 1985, 1987); Kubok egalari kubogi (1975, 1986); Yevropa superkubogi (1975); sobiq ittifoq chempionatining eng yaxshi to‘purari (1972-1975, 1977); sobiq ittifoqning eng yaxshi futbolchisi (1973-1975)

1977 yil - Alan SIMONSEN (Daniya). «Borussiya» (Menxengladbax) hujumchisi. 1952 yilning 15 dekabrida Kopengagen (Daniya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Daniya chempioni (1971, 1972, 1984); GFR chempioni (1975-1977); Daniya kubogi (1972); GFR kubogi (1973); Ispaniya kubogi (1981); GFR superkubogi (1976); Kubok egalari kubogi (1982); UYEFA kubogi (1975, 1979)

1978 va 1979 yillar - Kevin KIGAN (Angliya). «Gamburg» hujumchisi. 1951 yilning 14 fevralida Armtorp (Angliya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Angliya chempioni (1973, 1976, 1977); GFR chempioni (1979); Angliya kubogi (1974); Angliya superkubogi (1974, 1976); Yevropa Chempionlar kubogi (1977); UYEFA kubogi (1973, 1976); Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi (1976); Yevropa chempionatining eng yaxshi to‘purari (1980); Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1982)

1980 va 1981 yillar - Karl-Xayns RUMMENIGGE (GFR). «Bavariya» hujumchisi. 1955 yilning  25 sentyabrida Lippshtadt (GFR|Germaniya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: GFR chempioni (1980, 1981); GFR kubogi (1982, 1984); GFR superkubogi (1982); Yevropa Chempionlar kubogi (1976); Qit’alararo kubok (1976); Yevropa chempio­ni (1980); GFRning eng yaxshi futbolchisi (1980); GFR chempionatining eng yaxshi to‘purari (1980, 1981, 1984); Shveysariya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1989)

1982 yil - Paolo ROSSI (Italiya). «Yuventus» hujumchisi. 1956 yilning 23 sentyabrida Prato (Italiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Italiya chempioni (1982, 1984); Italiya kubogi (1983); Yevropa Chempionlar kubogi (1985); Kubok egalari kubogi (1984); Yevropa superkubogi (1984); jahon chempioni (1982); jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari (1982); Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (1978)

1983, 1984 va 1985 yillar - Mishel PLATINI (Fransiya). «Yuventus» yarim himoyachisi. 1955 yilning 21 iyunida Jefe (Fransiya)da tug‘ilgan. Sovrinlari: Fransiya chempioni (1981); Italiya chempioni (1984, 1986); Fransiya kubogi (1978); Italiya kubogi (1983); Yevropa Chempionlar kubogi (1985); Qit’alararo kubok (1985); Kubok egalari kubogi (1984); Yevropa superkubogi (1984); Yevropa chempioni (1984); Fransiyaning eng yaxshi futbolchisi (1976, 1977); Yevropa chempionatining eng yaxshi to‘purari (1984); Italiya chempionatining eng yaxshi to‘p-urari (1983-1985)

1986 yil - Igor BELANOV (sobiq ittifoq|Ukraina). «Dinamo» (Kiyev) hujumchisi. 1960 yilning 25 sentyabrida Odessa (sobiq ittifoq|Ukraina)da tug‘ilgan. Sov-rinlari: sobiq ittifoq chempioni (1985, 1986); sobiq ittifoq kubogi (1985, 1987); Kubok egalari kubogi (1986)

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:02, 14.01.2017.
O'qildi: 10954 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.