"Manchester Yunayted"ning 35 yoshli hujumchisi Zlatan Ibrohimovich nima uchun APLni tanlaganini ma’lum qildi.
"Mening o‘rnimda boshqasi yengil yo‘lni - Xitoyda pul ishlashni tanlar edi. Men chorlovni qabul qildim. Mana, nima uchun "Manchester Yunayted"ni tanladim. Ularda oxirgi yillarda qiyinchiliklar davri bo‘ldi, aar men ulsbni cho‘qqiga qaytarishda yordam bera olsam, juda baxtiyor bo‘laman.
Men oddiy vazifalarni, yengil ishlarni , oddiy maqsadlarni yomon ko‘raman. Men qayerda bo‘lmay, har doim qiyinchiliklarga uchraganman. Men boshqalardan ko‘ra ko‘proq ish bajarishimga to‘g‘ri kelgan.35 yoshimda buni bajara olishimga shubha qilgan edilar, men esa nimalarga qodirligimni ko‘rsatdim", - deydi Ibrohimovich.