Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Real» o‘z yulduzlaridan biri bilan xayrlashadi

«Real» o‘z yulduzlaridan biri bilan xayrlashadi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubida nafaqat shov-shuvli xaridlar, balki futbolchilarni sotish ham rejalashtirilmoqda. Jurnalist Xose Feliks Diasning xabar berishicha, shu yozda «qirollik klubi»ni bir yo‘la bir nechta yuqori darajadagi futbolchilar tark etadi. Hozircha ularning aniq ism-shariflari oshkor qilinmayapti.

Tez orada «Real» safiga himoyachilar Ibraima Konate va Denzel Dyumfris kelib qo‘shiladi, biroq jamoa uchun transferlar bu bilan to‘xtab qolmasa kerak. Seshanba kuni klub «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares uchun berilgan 150 million yevrolik taklif «matraschilar» tomonidan rad etilganini ma’lum qilgan edi.

Yaqin vaqt ichida «Real» Joze Mourinyo bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qiladi.

Kiritildi: 06:23, 10.06.2026.
O'qildi: 1886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик