O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov AQSHdagi yig‘in davomida bel qismidagi og‘riqlar bilan bog‘liq muammo sabab so‘nggi mashg‘ulotlarda, shuningdek, Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmadi.
So‘nggi haftalarda futbolchining bel qismida og‘riqlar kuzatilgan bo‘lib, dori-darmon va fizioterapiya muolajalari orqali uning holati yaxshilangandi.
Biroq keyinchalik og‘riqlar qayta bezovta qila boshladi. O‘tkazilgan MRT tekshiruvi natijalariga ko‘ra, unda umurtqalararo disk churrasi qayta xuruj qilgani ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda Jaloliddin Masharipovning sog‘lig‘i bo‘yicha Milliy jamoa tibbiy shtabi tomonidan ish olib borilmoqda. Holat yuzasidan yakuniy tibbiy xulosalar olingandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.













