Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Pas «Real» va «Komo» o‘rtasida tanlov qildi

Pas «Real» va «Komo» o‘rtasida tanlov qildi

Baho:
+ | -

«Komo» yarim himoyachisi Nikolas Pas shu yozda Madridning «Real» klubiga qaytmasligi mumkin. 21 yoshli futbolchi o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan klubda to‘p tepishni orzu qiladi, biroq u yerga qulay va to‘g‘ri vaqtda qaytishni istamoqda, deb xabar berdi insayder Fabrisio Romano.

Argentinalik futbolchining fikricha, doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushish va o‘sishda davom etish uchun «Komo»da yana kamida bir mavsum o‘tkazish uning faoliyati uchun foydaliroq bo‘ladi. O‘yinchining ortga qaytarilishi bo‘yicha yakuniy qarorni «qaymoqranglilar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo qabul qiladi.

Nikolas Pas 2024 yilning yozida «Real»dan «Komo» safiga ko‘chib o‘tgan edi. «Qirollik klubi» ushbu yozda birinchi navbatdagi qayta sotib olish huquqidan foydalangan holda, chiqib kelayotgan yulduzni 9 million yevro evaziga ortga qaytarishi mumkin.

Kiritildi: 06:30, 10.06.2026.
O'qildi: 1190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик