Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

«Real»ni afsuslantirgan transferlar

«Real»ni afsuslantirgan transferlar

Baho:
+ | -

Yaxshi ma’lumki, sayyoramizdagi zng zo‘r futbolchilar xaridi uchun «Real» hech qachon mablag‘ ayamagan. O‘z navbatida o‘sha futbolchilarning aksariyati ham jahondagi eng kuchli klublardan biri tarkibida o‘zlarini sinab ko‘rish uchun ko‘p narsadan voz kechishga tayyor turishadi. Biroq futbolchilarni «qaymoqranglilar»dan norozi bo‘lishlariga sabab bo‘lgan holatlar ham yuzaga kelib turishi sir emas. Xattoki shunday kelishuvlar bo‘lganki, ularning oqibatida Ispaniya grandi afsus qilgan bo‘lsa ajab emas. Klub prezidenti Florentino Peres esa bu holatga boshqacha baho berib kelgan. Quyida «Qirollik klubi»ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomi ko‘rsatilgan.

1. Aryen Robben

O‘sha paytda 25 yoshda bo‘lgan Aryen Robben Ispaniyadagi himoyachilar uchun daxshatning o‘zi edi. Shu bois o‘z aqliga ishongan har qanday kishi shuni inobatga olib uni hech kachon sotmagan bo‘lardi. Albatta, Florentino Peresdan tashqari. U Krishtianu Ronalduning xaridi orqali yangi «galaktikos» davrini boshlash shukuxi bilan yashardi. Gollandiyalik futbolchi Myunxenning «Bavariya»siga yo‘l oladi va u yerda sayyoramizning eng zo‘r charm to‘p ustalaridan biriga aylandi. Beshta mamlakat chempionligi va Chempionlar Ligasidagi g‘alaba, bunday o‘yinchini qo‘yib yuborish kerak emasligini ko‘rsatib berdi. Ayniqsa arzimagan 20 million funt evaziga. Uni Ronaldu bilan bitta jamoada o‘ynashini bir tasavvur qilib ko‘ring-a!

2. Sami Xedira

Sami Xedira - so‘nggi yillarning eng zo‘r yarim himoyachilaridan biridir. Aynan u tomonidan bajarilgan «qora ish»lar Mesut Ozil, Krishtianu Ronaldu va boshqalarga o‘z mo‘’jizalarini yaratish imkonini berardi. Tinib-tinchimas Xedira birinchidan oxirgi daqiqalargacha maydonda o‘zini ayamay xarakat qilar va shu bois, uni mukammal yarim himoyachi deyish mumkin edi. Uning himoyadagi ishi hamda o‘yinni o‘qiy olishini adohida belgilab o‘tish lozim. Hozirgi paytda u o‘zini «Yuventus»da ajoyib xis etayapti.

3. Gonsalo Iguain

Madridliklar Iguanni sotishga qaror qilishganida bu ancha shov-shuv keltirib chiqardi. Jamoaning eng zo‘r hujumchilaridan biri har qanday klubni kuchaytira olar va unga da’vogarlar yetarli edi. «Napoli»ga o‘tgach, argentinalik o‘yinchi uning sotilishi xato bo‘lganligini ko‘rsatib berdi. O‘tgan yozda u 76,5 million funtlik rekord summa evaziga «Yuventus»ga o‘tdi. Mazkur kelishuv «A» seriya tarixidagi eng qimmatbaho va jahonda uchinchisi bo‘ldi. Bu narxni tushunsa bo‘ladi - o‘tgan mavsumda u 40ta gol urdi. Undan ko‘pi faqat Ronalduda.

4. Anxel Di Mariya

Birdaniga «Real» vaziyatlar yaratish borasida muammolarga duch keldi. Agar tarkibda Luka Modrich bo‘lmasa, jamoa maydon markazida kreativlikni yo‘qotardi. Nima uchun? Chunki, Anxel Di Mariya kutilmaganda, «Manchester Yunayted»ga sotib yuborildi. Ha, kelishuv chindan ham mo‘may pulga amalga oshirildi, lekin «Real» argentinalikning to‘p uzatishlari va maydon markazidan kirib borishlarini sog‘ingan bo‘lsa, ajabmas. Di Mariya har doim raqiblar uchun xavfli bo‘lgan va Zinedin Zidan uni asosiy tarkibga qo‘yishdan faqat xursand bo‘lgan bo‘lardi. Hozir Di Mariya - PSJ uchun asosiy o‘yinchi va u yerda argentinalik legioner Angliyadagi o‘ta muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin oldingi formasiga qaytdi.

5. Mesut O‘zil

«Real»ning xoxlagan ishqibozidan O‘zilni sog‘inyapsizmi deb so‘rab ko‘rsangiz «ha» deb javob bersa kerak. 2013 yilda «Arsenal»ning rekord transferiga aylangan O‘zil xotirjamlik bilan «kanonir»lar tarkibiga moslashib ketdi va madridliklarning oxirgi mavsumlardagi asosiy «xatosi» bo‘lib turmoqda. Xattoki «Real»ni shug‘ullantirgan Karlo Anchelotti ham pleymeykerni sotmaslik kerak edi, deb aytib o‘tgandi. Ketganidan so‘ng, O‘zil ikki bor Angliya kubogi va ikkita superkubokni qo‘lga kiritdi, jamoaning eng zo‘r assistentiga aylandi.

Ispaniya poytaxtida nemis futbolchisi yetakchilardan biri bo‘lgan va doimiy tarzda maydonning xohlagan tomonidan vaziyatlar yaratardi. U bilan Krishtianu Ronaldu ajoyib tarzda o‘ynar va aynan O‘zilning to‘p oshirishlaridan keyin o‘nlab gollarini urgan. Portugaliyalik yulduzning o‘zi esa jamoadoshining sotilishidan juda norozi bo‘lgan - xuddi Serxio Ramosga o‘xshab. Ushbu kelishuv Peresning navbatdagi tortishuvga sabab bo‘lgan yurishi bo‘lgandi. Bu bilan u Beylning xaridi uchun pul ishlab olishni xohlagandi. Endi o‘zingiz bir tasavvur qilib ko‘ring, tarkibda O‘zil bo‘lganida jamoaning qanday o‘ynashini.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:59, 15.01.2017.
O'qildi: 30333 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.