Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Sevinch” yangi mavsum tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshladi

“Sevinch” yangi mavsum tayyorgarlik mashg‘ulotlarini boshladi

Baho:
+ | -

"Sevinch" jamoasi futbolchilari kechadan o‘z qarorgohida yig‘ilishdi va  qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlashdi.

Mashg‘ulotlar asosan “Geolog” arenasida bo‘lib o‘tmoqda. Chunki, jamoa har yilgidek, futbol mavsumini 22 yanvarda boshlanadigan, mini futbol (futzal) bo‘yicha XIII O‘zbekiston chempionatidagi ishtiroki bilan boshlaydi.

Shu kunlarda “Sevinch” jamoasining ko‘plab futbolchilari Olmaliq shahrida terma jamoa safidagi yig‘inda ishtirok etmoqda. Ular 20 yanvardan safga qo‘shilishadi. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkazilmoqda.

“Sevinch” jamoasi 22 yanvar kuni Toshkent shahriga tashrif buyuradi va mini futbol bo‘yicha chempionat uchrashuvlarini boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, mini futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi XIII O‘zbekiston chempionatining 1-turi 22-27 yanvar kunlari Toshkent shahridagi “Yoshlik” arenasida bo‘lib o‘tadi.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 13:35, 17.01.2017.
O'qildi: 5933 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик