"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya kubogi chorak finalida "Selta"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.
"Selta"ning o‘yinidan ajablanmadim. Ular bizga zarar keltirishini bilar edik. Men xavotir olmayapman, ammo bu yaxshi bo‘lmadi.
Biz chekina olmaymiz, oldinda primera o‘yinlari turibdi, vaziyatni o‘zgartirish uchun bir qarorga kelishim kerak.
O‘yinning boshi qiyin kechdi, biz o‘zimiz rejalashtirgan o‘yinni ko‘rsata olmadik. O‘yinga kira olmadik. Hammasinitahlil qilib ko‘rishim kerak.
Men taktika ustida ishlayapman, to‘g‘ri sxema izlayapman, bu ayniqsa hujum chizig‘imizga taaluqli.
O‘yindagi omadsizlik jamoaning jismoniy tayyorrgarligi yomonligidan emas. "Sevilya"ga qarshi o‘yin qiyin kechgan edi.
Biz "Real"miz va ishlashda davom etamiz. Bu vaziyatdan chiqib keta olamiz. Shu kungacha omadimiz kelayotgan edi, ammo nimadir bo‘ldi", - deydi Zidan.