Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Ko‘hna qit’a»dagi omadli seriya

«Ko‘hna qit’a»dagi omadli seriya

Baho:
+ | -

Mana, 2016 yil ham biz bilan xayrlashib, tarixdan o‘rin oldi. Oldinda esa bir qator sinovlari bilan 2017 yil kutib turibdi. Shubhasiz, yangi yilda biz uchun eng muhim voqea - terma jamoamizning JCH-2018 yo‘llanmasi uchun kurashi bo‘ladi va umid qilamizki, yigitlarimiz vazifani albatta, uddalashadi. Ungacha esa yurtimiz futboliga bog‘liq so‘nggi muhim yangilik haqida mulohaza qilib turamiz.

Ma’lumki, Toshkentning «Lokomotiv» klubi 2016 yilgi milliy chempionat bahslarida «Paxtakor» va «Bun­yodkor»ning 14 yillik «poyga»siga chek qo‘yib, o‘z tarixida ilk bor chempionlik maqomini rasmiylashtirdi. Ta’kidlanganidek, chempionatimizda so‘nggi 14 yil davomida oltin medallar uchun ikki klub o‘zaro raqobat qilgan bo‘lsa, ba’zi mamlakatlarda bir klub naq 10 yil g‘oliblikni hech kimga bermagan holatlar ham uchraydi.

Misol uchun, Belarus chempionatini olaylik: 2016 yili Borisov shahrining BATE klubi ketma-ket 11-marta chempionlikka erishdi (2006 yildan 2016 yilgacha). Bungacha esa Minskning «Dinamo»si ketma-ket 5 marta oltin medallarga ega chiqqandi. Shuningdek, Shotlandiyaning eng taniqli jamoalaridan biri - «Seltik» (Glazgo) ham 1966 yildan toki 1974 yilgacha chempionlik unvonini hech kimga bermagan. Qizig‘i shundaki, «Seltik» oxirgi besh chempionatda ham muvaffaqiyatga erishib, oltinchi g‘alabaga qarab ketmoqda...

Adolat yuzasidan aytib o‘tish lozim, Shotlandiyaning yana bir mashhur jamoasi - «Glazgo Reynjers» ham 1989-1997 yillar oralig‘ida ichki chempionatda «gegemon»lik qilgan. Evropaning asosiy qismidagi hududlarda esa vaziyat quyidagicha: 1966 yili tashkil topgan Berlinning «Dinamo»si dastlabki paytlarda poytaxtning boshqa bir grandi - «Forverst» soyasida qolib ketgandi. Ammo 1979 yilga kelib, jamoa qaddini rostladi va 1988 yilgacha ketma-ket oltin medallarni o‘zlashtirdi.

Shunga o‘xshash yana ikki muntazamlik Tiraspolning «SHerif» va Erevanning «Pyunik» klublariga ham xos. Biz tilga olgan har ikki jamoa 2001-2010 yillarda tengsiz deb topilgan. Farqi shundaki, «Pyunik» omadli seriyadan so‘ng 2015 yilda yana chempionlik maqomiga erishgan bo‘lsa, «SHerif» «sherigi»dan bir yil ortda qolgan - 2016 yili.

1992-2004 yillari bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Riganing «Skonto» klubi va Norvegiyaning «Rusenborg» jamoalari ham ketma-ket shohsupaga ko‘tarilishgan. Qizig‘i shundaki, bunday muvaffaqiyatdan keyin Latviya klubi ancha vaqtgacha, ya’ni 2010 yilga qadar oltin medallardan quruq qoldi. «Rusenborg» esa bu orada yana besh marta chempionga aylandi. To‘g‘ri, ke­yingi yutuqlar muntazamlik kasb etmadi.

E’tiborga molik yana bir «kichik» natija: dunyoning eng mitti davlatlari qatoriga kiruvchi Lixtenshteynda ichki chempionat bahslari o‘tkazilmaydi. Chunki mamlakatdagi professional klublar soni talab darajasida emas. Ammo qandaydir yo‘l bilan eng kuchli klub nomiga oydinlik kiritish kerak va buning uchun Lixtenshteynda antiqa yo‘l tanlangan - kubok bahsi. Tabiiyki, bu musobaqada mamlakatning Shveysariya ichki chempionatida qatnashuvchi jamoasi - «Vadus» yaqqol favorit hisoblanadi. Aniqrog‘i, mazkur jamoa Lixtensh­teyn kubogini jami 14 marta - 1998 yildan 2011 yilgacha ketma-ket yutib olavergan.

Xullas, omadli seriyalar haqidagi kichik izlanishlarimiz mana shunday. E’tibor bergan bo‘lsangiz, biz faqat Evropaning aholi soni nisbatan kamroq mamlakatlaridagi natijalarga to‘xtaldik, xolos. Ular ichida eng ko‘p aholi Belarusga tegishli bo‘lib, bu davlatda 10 million kishi istiqomat qiladi.

Evropaning kuchli hisoblangan chempionatlarida albatta, bunday yakkahokimlikni kuzatish qiyin. Sababini o‘zingiz yaxshi bilasiz... Biroq Fransiyaning «Lion» klubi ichki musobaqada raqobatchilari ko‘pligi va kuchli ekaniga qaramay, o‘z vaqtida ketma-ket 7 bor oltin medallarga ega chiqqan. Shubhasiz, Angliyada bunday holatni hali-beri uchratmasak kerak...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:54, 19.01.2017.
O'qildi: 7164 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.