«Portu» klubining ispaniyalik darvozaboni Iker Kasilyas jamoani tark etmaydi.
A Bola xabariga ko‘ra, futbolchi «ajdarlar» safida yana bir yil o‘ynashni rejalashtirmoqda.
O‘z navbatida, 35 yoshli darvozabonga MLS chempionatining bir qator klublari qiziqish bildirgan, biroq u Portugaliyada qolishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda Kasilyas eng ishonchli darvozabonlardan biri bo‘lib turibdi. U Portugaliya chempionatining 17 o‘yinida bor yo‘g‘i 7ta gol o‘tkazib yuborgan.