Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Mash’al" nazorat o‘yinida "Metallurg"ni mag‘lub etdi

"Mash’al" nazorat o‘yinida "Metallurg"ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Mash’al» klubi navbatdagi nazorat bahsida g‘alabaga erishdi.

Bugun Bekobodning «Metallurg» jamoasiga qarshi maydonga tushgan «gazchilar» 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Dastlab hisobni «Metallurg» ochdi. Arslon Sultonov 12 daqiqada Botir Nosirov darvozasini ishg‘ol etdi. Ammo shundan so‘ng bekobodliklar bir qator xatolarga yo‘l qo‘yishdi. 35-daqiqada «Mash’al»ning hujumi xavfli va samarali yakun topdi. Akbarov himoyada palapartish o‘yin ko‘rsatdi va o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi - 1:1.
Ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida Xumoyun Murtazoev «Metallurg» darvozabonini qiyin ahvolda qoldirdi, uning boshi bilan bergan zarbasini raqib darvozaboni qaytara olmadi - 2:1. Butun jamoa bo‘lib hujumga o‘tib ketgan va himoyani esdan chiqargan bekobodliklar 90 daqiqada Shohrux Dostonovning zarbasidan keyin butunlay mag‘lubiyatni tan olishdi. Bu vaziyatda Dostonov birga bir vaziyatda raqib darvozabonini ayab o‘tirmadi - 3:1.

20 yanvar, o‘rtoqlik o‘yini
“Mash’al” – “Metallurg” 3-1
Gollar: Akbaraliev (35 avtogol), Murtozoev (77), Dostonov (90) - Sultonov (12)
«Mash’al»: Botir Nosirov, , Temur Kagirov, Aslibek Begimqulov, Avaz Agaliev, Vladislav Pavlenko, Mirzakamol Kamolov, Shahzod Shaymanov, Zafar To‘raev, Zoxir Qo‘ziboev, Konstantin Belov, Maradona Safarov
«Mash’al»: Javohir Ilyosov, Abbos Shodmonov, Abdulloh Olimov, Bobur Qosimov,
Iskandar Shayqulov, Shoxruh Dostonov, Xumoyun Murtozoev, Shoxijaxon Qilichov, Jonibek Mirzaqulov, Kenja To‘raev, Farrux Shotursunov.
Zahira: Temur Masharipov.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 15:26, 20.01.2017.
O'qildi: 5398 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик