«Roma» bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya kubogining nimchorakfinalidan o‘rin olgan «Sampdoriya» (4:0) klubiga qarshi o‘yindan so‘ng, dubl sohibi bo‘lgan Raja Nainggolan haqida gapirdi.
«Biz rejaga muvofiq o‘ynadik, biroq «Sampdoriya» birinchi bo‘limda jiddiy qarshilik qildi. Shunda ba’zi muammolarga duch keldik. Ularni engib o‘tish uchun biroz vaqt talab qilindi. Tanaffusdan so‘ng esa yanada yaxshiroq o‘ynadik.
Nainggolan o‘zgacha loydan yasalgan. U istalgan nuqtada o‘ynashga qodir bo‘lgan kuchli futbolchi. Biroq u harakat erkinligiga muhtoj. Agar uni bir nuqtaga mixlab qo‘ysa, kurasha olmaydi. Bunday futbolchi o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishi uchun ko‘proq erkinlikka ega bo‘lishi lozim» - dedi Spalletti.