«Chelsi» hujumchisi Diyego Kosta yelkasidan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.
Bu haqda bosh murabbiy Antonio Konte xabar bermoqda.
«Elkasidagi og‘riq uni boshqa bezovta qilmayati, shuning uchun ham «Hall Siti»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Futbolchining o‘zi «Chelsi»da qolishni istamoqda. Bu yerda uni hamma narsa qoniqtiradi. Kosta Xitoy g‘oyasidan yiroqda» - dedi Konte.
Avvalroq, futbolchi Konte bilan janjallashib qolgani uchun «Lester»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagani haqida xabarlar chiqqan edi.