Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina - Torino
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

«Interfutbol» blogida: Limit tufayli Odil Ahmedov...

«Interfutbol» blogida: Limit tufayli Odil Ahmedov...

Baho:
+ | -

Rossiyaning «Sovetskiy sport» nashri ham milliy jamoamiz sardori Odil Ahmedovning «Shanxay SIPG»ga o‘tishiga befarq qaramadi va bu haqda alohida tahliliy maqola tayyorladi. Gazeta ijodkorlari xususan,  «Krasnodar» hamyurtimizni osongina qo‘yib yuborganini ta’kidlash barobarida vaqtida uni qo‘lga kiritish uchun juda ko‘p ter to‘kkanini eslatishdi. Keling, yaxshisi, xorijlik hamkasblarimizning mazkur masala yuzasidan qanday fikr bildirishgani bilan batafsilroq tanishib chiqaylik.

- O‘zbekiston termasi sardori Odil Ahmedov «Krasnodar»ni tark etib, Andre Villash-Boash boshqaruvidagi «Shanxay SIPG» klubi safiga qo‘shildi. Xabarlarga ko‘ra, transfer summasi 8 million yevroni tashkil qilgan, Xalk va Oskar endilikda Ahmedov bilan bitta jamoada to‘p surishadi. Aytish joiz, Odilni Chin yurtida iliq kutib olishdi. «Shanxay SIPG»  o‘tgan yili Xitoy chempionatida 3-o‘rinni egallagandi. Braziliyalik Xalk 8ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini 5 bora ishg‘ol qilishdan tashqari, samarali uzatmalari bilan ham alohida ajralib turdi. Villash-Boashning aytishicha, ushbu klub yangi mavsumda sayyoramizning eng tez rivojlanayotgan ligasida chempionlik uchun kurashar ekan. Ha, Xitoy chempionatiga katta mablag‘ kiritilmoqda va klublar har qaysi futbolchiga kerakli summani to‘lashga tayyorlar. Karlos Tevesni Yevropada hisobdan chiqarib yuborishdimi? Hechqisi yo‘q, u endi jahonning eng badavlat o‘yin­chisiga aylandi. Esikiel Lavessi «PSJ» zaxira o‘rindig‘iga mustahkam joylashib olganmidi? Mayli, u hozir Xitoyda har mavsum chamasi 22 million yevro miqdorida maosh olyapti. Bunday misollar bisyor.

Xullas, Chin yurti futbolchi sotish uchun qulay maskanga aylandi. Oskar, Xalk, Teves, Lavessi, Ahmedov... To‘g‘ri, Odil ko‘pchilikdan farq qiladi. U - xitoylik «o‘yinchoqlar»dan farqli o‘laroq, ancha mehnatkash. Deylik, Sergey Galiskiy o‘zbekistonlik futbolchini aynan shu sifatlari uchun qadrlardi, uni «Anji»dan sotib olish yo‘lida naq 2 yil urindi. Agar Maxachqal’a superklubidagi loyiha barbod bo‘lmaganida, niyatiga yetolmasmidi?!

Krasnodarga ko‘chib o‘tgach, Odilning o‘zi tan oldi: shaxsan Galiskiy uni «buqalar» safida ko‘rishni xohlagani tufayli u SSKAga rad javobini bergan. «Krasnodar» prezidentining yoqimtoy o‘yinchilari yo‘q yoki u buni sir tutadi. Ammo shunday futbolchi bor edi - Odil Ahmedov. U Galiskiy ko‘z o‘ngida «Anji»da o‘sishga erishdi, yulduzlar jamoasida yo‘qolib qolmadi. Ahmedov qaysidir ma’noda Sergey Nikolayevichga o‘xshaydi: «buqalar» xo‘jayini singari hammasiga o‘z mehnati bilan erishdi, har qanday qiyinchiliklarni sabot bilan yengdi. Xo‘sh, shunday ekan, Galiskiy nima sababdan sevimli futbolchisini qo‘yib yubordi? Barcha yulduzlarni  to‘playotgan Xitoy futbolining Odilga qiziqishi omili nima? Hoynahoy, Ahmedovni mahalliy skautlar yaxshi tanishadi, zero, O‘zbekiston milliy termasi Osiyoning yetakchi jamoalaridan hisoblanadi. Odilning Xitoy muhitiga ko‘nikishda qiynalmasligi tayin. Klub esa Mahachqal’adagi yulduzlar safida yetakchilardan biriga aylangan futbolchi hisobiga kuchayishga erishadi.

«Krasnodar»chi?

Davomi: www.interfutbol.uz'da.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:31, 21.01.2017.
O'qildi: 19961 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик