Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

«Andijon» yetakchi futbolchilarni saqlab qoladi

«Andijon» yetakchi futbolchilarni saqlab qoladi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini ham o‘z qarorgohida olib borayotgan andijonliklar bosh murabbiy Vitaliy Legay qo‘l ostida ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Unga mahalliy murabbiylar Abdurashid Ismoilov, Rasul Rahmonov va Bekzod Turg‘unov ko‘maklashmoqda.

Ertalabki mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlik mashqlariga qaratilmoqda. Tushlikdan keyin esa Sho‘rbuloq dahasida joylashgan sun’iy qoplamali maydonda texnik-taktik mashg‘ulotlar ustida ishlamoqda.

Bugungi kunda bir qator yangi futbolchilar ko‘rikda bo‘lib turibdi. Shuni aytish lozimki, o‘tgan mavsum «burgutlar» sharafini himoya qilgan Ibrohim Otaxonov, Farhod Bekmuratov, Anvar Berdiyev kabi yetakchi o‘yinchilar jamoada qolib faoliyatini davom ettirishi aniq bo‘ldi. Ushbu yig‘in chog‘ida murabbiylar shtabi asosan vodiylik futbolchilarni ko‘zdan kechirmoqda. Tarkibda o‘ttizdan ziyod futbolchilar o‘rin olganini e’tirof etish lozim.

Murabbiylar ko‘rikdagi o‘yinchilarni nafaqat mashg‘ulot jarayonida balki sinov-nazorat bahslari orqali ham tekshirib bormoqda. Xususan yaqinda «UzTongXongKo» (zavod jamoasi) bilan bellashib 2:1 hisobida g‘alaba qozonildi. Ushbu bahsda andijonliklarning har ikki goliga ham iqtidorli hujumchi Sirojiddin Yettiboyev mualliflik qildi. Asli andijonlik bo‘lgan ushbu 18 yoshli futbolchi bungacha Qarshining «Nasaf-2» jamoasida o‘ynab kelayotgandi. Hozircha u ko‘rikdan o‘tmoqda.

«Andijon»ning navbatdagi sinov-nazorat uchrashuvi bugun Farg‘onaning «Neftchi» yoshlar jamoasiga qarshi kechdi. Vitaliy Legay shu kuni ikki hil tarkibdan foydalandi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda esa muxlislar 4ta gol ko‘rishdi. Yakuniy hisob esa 3:1 bo‘ldi.

Birinchi taymdagi tarkib: Azizbek Abdullayev (Davron Jo‘raqulov), Artur Mamatkazin, Shoyad Mullajonov, Mansur Mahsudov, Ahror O‘ktamov, Muhammad Rasulov, Abror Komilov, Farruh Bekmuratov, Jahongir Maqsudov, Shukur Jumaboyev, Alisher Abduvohidov.

Ikkinchi bo‘limda esa: Davron Jo‘raqulov (Farruh Turdaliyev), Dilmurod Mahmudov, Qahramon Mahamadjonov, Akbar Xodjayev, G‘ayrat Jo‘rayev, Maqsud Mahmudov, Farhod Bekmuratov, Baxtiyor Qosimov, Ibrohim Otaxonov, Alisher Abduvohidov, Shoxjahon Abbosov.

Shuningdek yana bir nechta andijonlik yosh futbolchilarga ham imkoniyat berildi.

Uchrashuvda Baxtiyor Qosimov bilan Alisher Abduvohidov penaltidan to‘p kiritgan bo‘lsa, Farhod Bekmuratov chap qanotdan jarima maydoni ichiga kirib borib aniq zarbasi bilan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Tarkibga nazar tashlasangiz o‘tkan mavsum «Navbahor» sharafini himoya qilgan, Mahamadjonov, Jo‘rayev, Abbosov kabi futbolchilarni ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek tajribali futbolchi Sanjar Asqaraliyev ham ayni damda «Andijon» mashg‘ulotlarida ishtirok etayotganini ta’kidlash lozim. «Neftchi» yoshlariga qarshi bahsda Asqaraliyev bilan birga Anvar Berdiyev ma’lum sabablarga ko‘ra ishtirok etmadi.

Murabbiylar shtabi o‘tkazilayotgan uchrashuvlardan so‘ng ko‘rikda bo‘lib turgan ayrim futbolchilarga javob berib, boshqa o‘yinchilarni taklif etib sinovdan o‘tkazib bormoqda.

Darvoqe, kelasi haftadan Farg‘onada start oladigan an’anaviy turnir - «Hokim Kubogi»da andijonliklar ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqa ham jamoa uchun foydali bo‘lishi tabiiy. Seleksiya jarayoni esa mavsum startiga qadar davom etadi.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 18:28, 21.01.2017.
O'qildi: 6093 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.