«Olmaliq» klubi Novosibirskning "Sibir" jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Qiziqarli kechgan bahsda «Olmaliq» futbolchilari g‘alaba nashidasini surishdi.
O‘yinning dastlabki 25 daqiqasida raqib faolroq ko‘rindi. Sekin-asta vaziyatni tenglashtirgan «Olmaliq» a’zolari birinchi taymning so‘nggi 5 daqiqasida ikki gol urishga erishishdi. Dastlab 42-daqiqada Akbar To‘rayev kuchli zarba bilan to‘pni raqib tomon tepdi. Himoyachilardan ildamroq harakat qilgan Altimurot Annadurdiyev bir harakat bilan to‘pga yugurib chiqqan raqib posbonini ham aldab o‘tdi va to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi. Oradan ko‘p o‘tmay o‘ng qanotdan Alibobo Rahmatullayev oshirib bergan to‘pni Dilshod Jo‘rayev bir zarbada darvoza to‘riga joylab qo‘ydi.
Ikkinchi taymdagi o‘zgarishlar «Olmaliq» o‘yinini yanada kuchaytirdi. 55-daqiqada Dilshod Jo‘rayev to‘pni oldingi chiziqqa yetkazib berdi. Bu vaziyatda raqib himoyachilari sun’iy o‘yindan tashqari holatni vujudga keltirishda xatolikka yo‘l qo‘yishdi. Natijada Alibobo darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. U ham posbonni aldab o‘tdi va bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi. 22 yanvar
"Mirakl" sport majmuasi. Antaliya
"Olmaliq" - "Sibir" 3:0
Gollar: Altimurot Annadurdiyev 42, Dilshod Jo‘rayev 45, Alibobo Rahmatullayev 55.
"Olmaliq": Akbar To‘rayev, Xurshid Muxtorov, Shavkat Mullajonov, Vladislav Kasminin, Momchilo Dulovich, Islom Inomov, Altimurot Annadurdiyev, Dilshod Jo‘rayev, Igor Yelich, Alibobo Rahmatullayev, Zabihillo O‘rinboyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rahmatillo Berdimurodov, Abduqahhor Hojiakbarov, Muhammad Isayev, G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Shohnazar Norbekov, Xurshid Xodjayev, Murod Rajabov, Viktor Klishin, Doniyor Usmonov, Azizbek Suyunov.
Hakam: Karim Karimov (Ozarbayjon)