Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Antiqahramon - 2016

Antiqahramon - 2016

Baho:
+ | -

2016 yilda muvaffaqiyatsiz to‘p surgan futbolchilar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Sillessen, Alkaser, Vidal - «Barselona» zaxirasiga «mixlangan» omadsizlar. Batshuayi «Chelsi»da o‘rnini topolmadi. Dortmundning «Borussiya»sida jahon chempioni Durmni jarohatlar qiynadi. Depay «MYU» darajasi va Mourinyo talablarini bajarolmadi. Shvaynshtaygerning xuddi Angliyadagi kabi Yevro-2016da ham ishi yurishmadi. Xonda «Milan»da bir paydo bo‘lsa, bir yo‘qolib qoldi. Gyotse «Borussiya»ga katta umidlar bilan qaytgandi, ammo... Xullas, grandlar safida kutilgan o‘yinni namoyish etolmaganlar bisyor. Shuningdek, 2016 yilda o‘ziga xos voqealar qahramoniga aylanganlar ham. Quyida shu haqda so‘z yuritamiz.

Yil penaltisi. Simone Zaza (Italiya)

Xuddi buyurtma qilgandek, hammasi mos keldi - qizg‘anchiqlik, xatolar va tentaklik. Zaza endigina maydonga tushgandi, to‘pga xotirjam zarba berishi mumkin edi. Buning o‘rniga haqiqiy tomosha uyushtirdi. Germaniya termasiga qarshi bahsda aniq amalga oshirilmagan penaltidan so‘ng Simone ruhan sindi. Unga hattoki, basketbolchilar ham parodiya qilishmoqda.

Yil seriyasi. SSKAning YECHLdagi himoyasi

Bu o‘rinda Igor Akinfeevni aybdor sifatida ko‘rsatish noo‘rin, barchasida jamoa va murabbiylar mas’uliyatni zimmalariga olishlari kerak. SSKAning YECHLdagi antirekordini Yevropada barcha payqadi. Qatorasiga 43ta o‘yinda to‘p o‘tkazib yuborilishi - bunaqasini keyingi o‘n yillikda hech qaysi darvozabon takrorlay olmasa kerak.

Yil hazilkashi. Nigeriya futbol federasiyasi prezidenti

Britaniyaga xos hangoma. Sud qaroriga ko‘ra, yangi lavozimga tayinlangan Kris Jivaning birinchi qilgan ishi navbatdagi tur o‘yinlariga hakam tayinlash bo‘ldi. U yanvarda vafot etgan referini tanladi. Haqiqiy «bilag‘on» ekanligi ko‘rinib turibdi.

Yil yovvoyiligi. Yeryomenko(SSKA)-ning diskvalifikasiyasi

Finlyandiyalik yarim himoyachi giyohvand modda organizmiga tasodifan tushib qolganini isbotladi. SSKA vakillari UYEFAning vaziyatni to‘g‘ri tushungani, shu bois 4 emas, 2 yillik jazo qo‘llaganini aytishdi. O‘z navbatida, futbolchining mas’uliyatsizligi qoralandi. Vaziyatni turlicha tal-qin qilish mumkin, ammo har qanday holatda ham Roman Yeryomenko aqlsizlik qildi. YECHL o‘yini o‘tkaziladigan kuni uning qonida taqiqlangan modda borligi aniqlandi.

Yil gumonlanuvchisi. Joui Barton («Byornli»)

O‘z davrining eng qiziqqon futbolchilaridan biri, nihoyat, qo‘lga tushdi. Joui «tasodifan» keyingi o‘n yillikdagi futbol o‘yinlari uchun pul tikkan ekan. Ijara asosida «Reynjers»da o‘ynayotgan kezlari Bartonni fosh etishdi, o‘yinchi buni tan oldi. Endi Angliyada yangi dalillar paydo bo‘ldi. Joui jiddiy jazoga tortilishi mumkin, chunki qoidalar kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish maqsadida futbolchilarning uchrashuvlar uchun pul tikishini taqiqlaydi.

Yil paradoksi. Argentina termasi

AQSHda Amerika kubogini yutolmagan jamoa FIFA reytingida birinchi o‘rinda qayd etildi. Kulgili holat. Terma sardori sovrinlar yo‘qligini ro‘kach qilib, o‘ynashni xohlamadi - Messini butun mamlakat qaytishga ko‘ndirdi. Leo qaytdi, muammo esa saqlanib turibdi. Chunki Maskerano, Aguero, Di Mariya va boshqalar bosh yulduz ortidan ketishlarini bildirishdi. Bunga JCH-2018 saralashidagi ishtirokni ham qo‘shib hisoblansa, haqiqiy paradoks tayyor-da.

Yil umidsizligi. Rossiya termasining ishtiroki

Yomon o‘ynayotgan «Inter» hali yana ko‘tariladi. «Arsenal»ning to‘rtinchi o‘rni ham vaqtinchalik, o‘yinda joziba bor. «MYU», «Lester» va «Valensiya»ning muammolari - kutilgan holat. Shu bois Smolovning gapiga qo‘shilamiz - eng hafsalani pir qilgani Rossiya termasi bo‘ldi. Yevro chempionatida muvaffaqiyatga erishishmasa ham mayli edi, munosib qatnashishning o‘zi yetardi. Ammo o‘xshamadi, Sluskiy va futbolchilar tan olishdi - juda yomon o‘ynashdi. Keyinchalik ham omadsizlik davom etdi. Kosta-Rikaga yutqazildi, Qatarni yengish uddalanmadi. Shunga qaramay, muvaffaqiyatsizliklar kelgusidagi g‘alabalarni qadrlashni o‘rgatadi. Omad 2017 yilda kelishi lozim. Umid qilamizki, antiqahramonlar safidan o‘rin egallaganlarning barchasi 12 oydan so‘ng bu ro‘yxatda ko‘rinish berishmaydi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:28, 23.01.2017.
O'qildi: 12481 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.