Senegal terma jamoasi darvozaboni Xadime N'Diaye Afrika kubogida g‘aroyib mug‘ombirlikni amalga oshirdi.
Futbolchi to‘pni o‘yinga kiritish chog‘ida o‘z oyog‘iga qoqilib yiqildi va jarohat oldi. Darvozabonning Jazoir (2:2) terma jamoasiga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqasidagi bu "qilig‘i" kerakli hisobni ushlab qolishga xizmat qildi. Senegal guruhda 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqichga chiqdi.