Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Metallurg» ayollar jamoasi taqdirlandi

«Metallurg» ayollar jamoasi taqdirlandi

Baho:
+ | -

Shanba kuni o‘tgan mavsumda mamlakat superkubogini qo‘lga kiritgan, milliy chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan Bekobodning «Metallurg-W» jamoasi qizlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bekobodlik qizlarga kumush medallarni hamda ikkinchi darajali diplomlarni O‘zbekiston ayollar futboli assosiasiyasining mas’ul xodimlari Elmira G‘ulomova hamda Alisher Fayziyev topshirishdi.

Tadbirda O‘zbekiston metallurgiya kombinati direktori o‘rinbosari Kamoliddin Qo‘ziyev ishtirok etdi va “Metallurg-W” jamoasi o‘yinchilari, murabbiylar shtabini 2016 yilgi mavsum muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek ularga kombinat tomonidan ajratilgan qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi.

O‘z navbatida Bekobod shahar hokimiyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Shoira Abdurahmonova ham chiziqlar bo‘yicha “Metallurg-W” jamoasining eng kuchli deb topilgan a’zolariga maxsus sovg‘alarni topshirdi. Tadbir shahar yoshlar uyida, to‘kin dasturxon atrofida, mahalliy estrada xonandalarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari sadosi ostida yanada fayzli o‘tdi.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 21:57, 24.01.2017.
O'qildi: 5168 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик