Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Ispaniya kubogi. «Real» musobaqa bilan xayrlashdi

Ispaniya kubogi. «Real» musobaqa bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi Ispaniya kubogining chorak final bosqichidayoq musobaqadan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

"Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tgan bahsda Zidan shogirdlari 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgani bois, javob uchrashuvida ular raqib darvozasini kamida 2 marta ishg‘ol qilishlari talab etilardi. Ular bu ishni uddalashdi, ammo... o‘z darvozalaridan ham ikkita gol o‘tkazib yuborishdi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Danilo o‘z darvozasiga gol kiritib qo‘yib, jamoasining ahvolini og‘irlashtirdi. O‘yinning 62-daqiqasida Ronaldu jarimadan chiroyli gol urib, hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Krishtianuda o‘ta qulay imkoniyat yuzaga keldi, ammo u 5 metr masofadan darvozaning bo‘sh qolgan qismini ishg‘ol qila olmadi — to‘p ustunga tegib qaytdi.

Madridlar ketma-ket hujum tashkil qilishdi, vaziyatlardan foydalana olishmadi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida "Selta" futbolchisi Vass jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. To‘qnashuv taqdiri hal bo‘lgandek ko‘ringan vaziyatda Lukas Vaskes 90-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shib berilgan 4 daqiqalik kompensasiya vaqti esa "Madrid" uchun kamlik qildi.

Shu tariqa, "Real" Ispaniya kubogi musobaqasi bilan xayrlashdi.

Ispaniya kubogi, chorak final, javob o‘yini
"SELTA" - "REAL MADRID" - 2:2 (1:0)
Gollar: 1:0 – 44, avtogol Danilo, 1:1 – 62 Ronaldu, 2:1 – 85 Vass, 2:2 – 90 Vaskes.
Selta – Alvares, Malyo, Kastro, Kabral, Ronkalya, Vass (Gomes, 88), Radoya, Dias, Bongonda, Aspas (Fontas, 90), Gvidetti (Xosabed, 84).
Real Madrid – Kasilya, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Kovachich, Kazemiro (Dias, 89), Asensio (Vaskes, 76), Isko (Morata, 80), Benzema, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Malyo (35), Vass (54), Kastro (72), Danilo (75).
Birinchi o‘yin: 2:1

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:15, 26.01.2017.
O'qildi: 18685 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик