Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

“Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017” kundaligi: birinchi kun

“Farg‘ona viloyati hokimi kubogi-2017” kundaligi: birinchi kun

Baho:
+ | -

Farg‘onada an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Hokim Kubogi-2017” musobaqasiga start berildi. Uchta guruhda birinchi tur bahsga bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqaga bag‘ishlangan kundagimizning birinchi kunida kecha o‘tkazilgan o‘yinlar xususida so‘z yuritamiz.

Debyutantining shashti baland

“A” guruhida bitta o‘yin o‘tkazildi. Birinchi liga debyutanti “Istiqlol” jamoasi musobaqani ajoyib g‘alaba bilan boshladi. Noil Gubanov shogirdlari “Istiqlol” stadionida sun’iy maydonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

Ochig‘ini aytish kerak, ko‘pchilik birinchi liga yetakchilaridan biri sanalgan – “O‘z Dong Ju” quyi liganing yangi vakiliga yutqazib qo‘yishini kutishmagandi.

“A” guruhi

1-tur

O‘z Dong Ju – Istiqlol  2:3

 

“Barkamol avlod”ning parvozi

“S” guruhida ishtirok etayotgan birinchi liganing yana bir vakili – “Yozyovon lochinlari” ikki ochko yo‘qotdi. “Toshloq”qa qarshi kechgan bahsda hisobni ochgan yozyovonliklar g‘alabani saqlab qola olishmadi. Bir paytlar “Neftchi” safida harakat qilgan Doston Tursunzoda toshloqliklar joniga oro kirdi.

“Toshloq” o‘yinda bir kishi kam bo‘lib harakat qilganiga qaramay, bir ochkoni qo‘lga kiritishga erishdi.

“Barkamol avlod” va “Farovon” jamoalari o‘rtasidagi bahs ham qiziqarli va gollarga boy tarzda o‘tganini ta’kidlash joiz. Uchrashuvda “Barkamol avlod” 4:2 hisobida raqibidan ustun keldi.

“S” guruhi

1-tur

Yozyovon lochinlari – Toshloq 1:1

Gollar: Behzod Maxpiraliyev – 1:0, Doston Tursunzoda – 1:1.

“Yozyovon-Lochinlari”: Jasur Abdullayev, Yoqubjon Ergashev, Ulug‘bek Olimov, Bobur Ma’murov,  Maqsud Ismoilov, Zohid Ismoilov, Behzod Maxpiraliyev, Umidjon Hoshimov, Bunyod Abdumannonov, Muhriddin Mamasoliyev, Azizbek Matkarimov.

Zaxira: Shahboz Abdurahmonov, Davron Hojimatov, Ahmadxon Ro‘ziboyev, Hikmatillo O‘rmonov, Islombek Nazirov, Abdurashid Ismoilov, Sherzod Sharofiddinov .

“Toshloq”: Elmurod Mirzamatov, Lochin Isroilov, Muzaffar Mamarizayev, Fazliddin Qosimjonov, Doston Tursunzoda, Doston Mullazoda, Usmon Soyipov, Salohiddin Ortiqov, Doniyor Fosilov, Asilbek Mo‘ydinov, Rahmatillo Odiljonov.

Zaxira: Fayzullo Nurmatov, Nodir Muhammadjonov, Jahongir Yusufjonov, G‘ayrat Sattorov, Ahror Sharipov, Doston Madarahimov, Abdurauf Rustamov.

Barkamol avlod – Farovon 4:2

Gollar: Sanjar Zokirov, Nodir To‘lanov, (2ta) Hamidillo Abduhamidov, Jahongir Dadaboyev, Ulug‘bek Abduqodiro.v

“Barkamol Avlod”: Mashxur Muhammadjonov, Sanjar Zokirov, Shoxjahon Ro‘zmatov, Nodir To‘lanov, Asil G‘oibjonov, Hamidillo Abduhamidov, Avazbek O‘lmasaliyev, Shodiyor Xojimatov, Husan G‘aniyev, Mirjamol Ne’matov, Mirzohid Egamberdiyev.

Zahira: Qahhor Yoqubjonov, Abdujalil Yoqubjonov, Botir Mamasodiqov, Rahim Matkarimov, Asad Ma’murov.

“Farovon”: Sherzod Abduraimov, Bobur Rasulov, Jasur Sodiqov, Ulug‘bek Abduqodirov,  Zokir Nurmatov,  Xayrullo Qodirov, Dilshod Eminov, Salim Nizomiddinov, Jahongir Dadaboyev, Aziz Ibragimov, Javohir Karimov.

Zahira: Shahzod Madaminov, Shoxrux Saidjonov, Davron Hudoyorov, Habibullo Boboxonov, Ibrohim Mamajonov, Shuhrat O‘rinboyev.

 

“Mash’al-2” ham ochko yo‘qotdi

So‘nggi guruhdagi bahslarda ham qiziqardi va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. “Qo‘qon-1912-2” jamoasi birinchi uchrashuvda “Sementchi-2” jamoasini dog‘da qoldirdi. Qo‘qonliklar birinchi bo‘lim yakunlanishi arafsida hisobni ochishdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida quvasoyliklar hisobni tenglashtirishga erishishdi. Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida zaxiradan maydonga tushgan Doniyor To‘lashev “Sementchi-2” darvozasini aniq nishonga olib, qo‘qonliklarga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Andijon viloyati vakili – “O‘z Tong Kong Xo” klubi esa Sirdaryo yoshlar terma jamoasini yirik hisobda dog‘da qoldirdi.

Nihoyat, guruhdagi so‘nggi uchrashuvda kutilmagan natija qayd etildi. “Mash’al-2” jamoasi Farg‘ona viloyati chempioni – “FarDU”ga qarshi maydonga tushib, nursiz durang qayd etdi. Shu kuni muborakliklar safida Kenja To‘rayev, Mirzakamol Kamolov singari futbolchilar harakat qilishganini ta’kidlash lozim. Shunday bo‘lsa-da “Mash’al-2” jamoasi durangga erishdi. Aksincha, “Talabalar” bir qator qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi.

“D” guruhi

1-tur

Sementchi-2 – Qo‘qon-1912-2  1:2

Gollar: J. To‘lashev-70. – Baratov-25, D. To‘lashev-90.

“Qo‘qon-1912-2”: 20. I. Abdullayev, 6. I. Muxtorov, 8. I. Malikjonov, 10. A. Rahmonov, 14. S. Isaqov, 15. M. Zokirjonov, 17. I. Karimov, 19. SH. Xolmatov, 21. D. Meliqo‘ziyev, 25. D. Baratov, 27. I. Oxunjonov.

Zaxira: 1. M. Sobirov, 4. M. Rahimov, 5. D. To‘lashev, 2. R. Isaqov, 11. A. O‘ktamov, 22. I. Ahmadjonov, 26. I. Usmonov.

Mash’al-2 – FarDU – 0:0

O‘z Tong Xong Ko – Sirdaryo yo.t.j  3:0

 

Taqvimdagi o‘zgarish

Bugun ham musobaqada o‘yinlar davom ettiriladi. Musobaqa taqvimida o‘zgarish yuz berdi. Bugun bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan “Navbahor” – “Oloy” uchrashuvi namanganliklarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari munosabati bilan boshqa muddatga qoldirildi.

Bugungi o‘yinlar:

27 yanvar

Andijon – Mash’al-1             soat 11:00   FarDU SM

Sementchi-1 – Norin                soat 14:30   FarDU SM

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:49, 27.01.2017.
O'qildi: 2998 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.