Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma 2-2 Inter
19/09 21:30 Selta 5-0 Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest 0-1 Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya 0-2 Lasio
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum

Tojikiston futbol federasiyasi kuchli beshlik chempionatlarini translyasiya qiladigan «Futbol» kanalini ishga tushiradi

Tojikiston futbol federasiyasi kuchli beshlik chempionatlarini translyasiya qiladigan «Futbol» kanalini ishga tushiradi

Baho:
+ | -

Tojikistonda «Futbol» telekanali ishga tushadi. Mamlakat futbol federasiyasi qoshida ochilayotgan yangi telekanal haqida tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2017 yilni «Yoshlar yili» deb e’lon qilgan. Shundan kelib chiqib, mamlakat futbol federasiyasi yoshlar uchun atalgan yilda «Futbol» kanali ochishni rejalashtirgan.

Tez orada faoliyatini boshlaydigan telekanal faqatgina bitta sohani yoritishga ixtisoslashtirilgan Tojikistondagi ilk telekanal bo‘ladi va u zamonaviy talablar asosida faoliyat olib borib, HD formatda efir yuzini ko‘radi.

Yangi ochilayotgan «Futbol» kanali faqatgina Tojikiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar, mamlakat yuqori va quyi divizioni uchrashuvlarini yoritibgina qolmay, Osiyo miqyosidagi musobaqalarga ham e’tibor qaratadi hamda Osiyo Chempionlar ligasi, OFK kubogi, Osiyo chempionati kabi turnirlarni ham translyasiya qiladi. Unda, shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi, Angliya Premyer-ligasi, Ispaniya La ligasi, Italiya A seriyasi, Germaniya Bundesligasi va Fransiya chempionatlarini ham tomosha qilish mumkin, deb yozilgan federasiya xabarida.

Telekanal efirlari jahon darajasidagi yulduzlarga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar, klublar va terma jamoalar fonida tayyorlangan tahliliy dasturdar bilan boyitiladi. Ayni vaqtda «Futbol» kanalini ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bir hafta muqaddam O‘zbekistonda ham «Futbol-TV» kanali faoliyatini boshlash arafasida ekani borasida xabar chiqqandi. Mazkur kanal nimalarni qamrab olishiga esa oydinlik kiritilmagan. Aniq tomoni shuki, u O‘zbekiston futbol federasiyasi qoshida ochilmaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:57, 27.01.2017.
O'qildi: 7360 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик