Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Mansur Saidov “Qizilqum” jamoasida o‘ynamaydi

Mansur Saidov “Qizilqum” jamoasida o‘ynamaydi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda poytaxtimizda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari navbatdagi sinov nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. 26 yanvar kuni “Bunyodkor” futbol klubi mashg‘ulotlar maydonida navoiyliklar Bekobodning “Metallurg” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Ayni paytda “Qizilqum” jamoasining Toshkentdagi yig‘inida yigirma besh nafar futbolchi ishtirok etyapti. Yig‘in doirasida uyushtirilayotgan o‘yinlarda Hamidjon Aktamov boshchiligadiga murabbiylar shtabi tarkibni shakllantirish maqsadida nazorat uchrashuvlariga jiddiy e’tibor qaratishyapti. Bungacha konchilar bunyodkorchilar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi (0:2) o‘tkazishgandi.

Bekobodliklarga qarshi kechgan bahsda murabbiylar quyidagi tarkiblarni maydonga tushirdilar:

"QIZILQUM": Umid Xonimqulov, Shukurali Po‘latov, Akmal Rustamov, Otabek Zokirov, Azamat Allaniyozov, Fayzulla Qambarov, Jasur Hasanov, Maksim Yurku, Ilhom Yunusov, Erkin Boydullayev, Azizbek Usmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Artyom Makosin, G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev, Alisher Yusupov, Mansurjon Saidov, Samandar Shodmonov, Bekzod G‘anijonov.

"METALLURG": Zafar Safoyev, Davron Karimqulov (Vusol Magerramov), Doston Tursunov (Kamron Kopadze), Hikmat Hoshimov (Jasur Ahmedov), Mirg‘iyos Sulaymonov (Nodir Yo‘ldoshev), Doniyor Odilov (Farhod Namozov), Jahongir Abdumo‘minov (Alisher Ziyovuddinov), Islom Isoqjonov (Muhammadodil Qahramonov), Sanjar Qodirqulov (Abror Toshqo‘ziyev), Dilmurod Karimov (Ayubxon No‘’monov), Zohid Abdullayev (Umid Rahimov).

Qiziqarli va hujumkor ruhda kechgan bahsda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi — 0:0.

O‘tgan yilgi mavsumning ikkinchi yarmini “Qizilqum” tarkibida o‘tkazgan bolqonlik legioner Nemanya Yovanovich jamoani tark etganligini xabar qilgandik. Toshkent yig‘ini oldidan gruziyalik Georgiy Kvseiyeshvili ham boshqa jamoada o‘ynash istagi borligini bildirgandi. Konchilar ular o‘rniga munosib legioner futbolchilarni topish maqsadida bu borada ham seleksiya ishlarini olib borishyapti. Jumladan, bekobodliklarga qarshi o‘yinda navoiyliklari tarkibida moldovalik Maksim Yurku maydonga tushdi. Uning jamoada qolish-qolmasligi yig‘in yakunida aniq bo‘ladi.

Yana bir xabar. “Qizilqum” jamoasi mashg‘ulotlarida farg‘onalik tajribali yarim himoyachi Mansur Saidov qatnashayotganligini va yangi mavsumda navoiyliklar bilan shartnoma imzolashga yaqin turganligini bildirgandik. Kuni kecha oilaviy sharoiti munosabati bilan Mansur konchilar qarorgohini tark etdi.

Rejaga ko‘ra, “Qizilqum” navbatdagi nazorat uchrashuvini birinchi liga vakili Toshkentning “NBU-Osiyo” jamoasi bilan o‘tkazadi.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 12:28, 27.01.2017.
O'qildi: 6162 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.