Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Murod Ismoilov: "Hokim kubogi"dan so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketamiz"

Murod Ismoilov: "Hokim kubogi"dan so‘ng Turkiyaga jo‘nab ketamiz"

Baho:
+ | -

Farg‘onaning «Neftchi» klubi Toshkent yig‘ini doirasidagi so‘nggi o‘yinini «Bunyodkor»ning yoshlar jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bahsda farg‘onaliklar Javohir Rasulov va Abdurahmon Abdulhaqov tomonidan urilgan gollar evaziga g‘alaba qozonishdi. Har ikki bo‘limda ham «Neftchi» safida aralash tarkib harakat qildi.

«Neftchi»: A.Abdujalilov, S.qulmatov, H.g‘ofurov, M.Ubaydullayev, F.Hasanboyev, A.Isroilov, J.Rasulov, A.Maxstaliyev, S.Abdujabborov, SH.Hakimov, M.Mamazulunov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: U.qodirov, M.Muzaffarov, R.Ayvazov, A.Abdulhaqov, N.Pavlenko.

Andrey Fyodorov Moskvaga ketgani bois, «Bunyodkor» yoshlariga qarshi bahsda «Neftchi»ni boshqargan Murod Ismoilov uchrashuvdan so‘ng Farg‘ona jamoasining mavsumoldi tayyorgarliklari hamda kelgusidagi rejalar haqida gapirdi.

 

- Mavsum taraddudi belgilangan reja asosida davom etmoqda. Futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishgach, ilk yig‘inni Farg‘onada tashkil qilgandik. So‘ngra Toshkentga keldik. Hozircha belgilangan 4ta o‘yinni o‘tkazib bo‘ldik. Mashg‘ulotlar asosan, Chilonzordagi sun’iy qoplamali maydonda o‘tdi. Bundan tashqari, futbolchilar trenajyor zalida jismoniy holatlarini yaxshilashdi. Albatta, mashqlar davomida turli taktik uslublarni ham sinovdan o‘tkazdik.

Tarkibdagi o‘zgarishlar

- O‘tgan yili «Neftchi» tarkibida to‘p surgan Jahongir Mehmonov, Mansur Saidov, Shukurali Po‘latov va Akmal Xolmatovlar jamoadan ketishdi. Shuningdek, tajribali hujumchi Mo‘ydin Mamazulunov bilan shartnoma tuzdik. Keyingi yig‘in davomida safimizga legioner futbolchilar qo‘shilishi mumkin. Hozirda xuddi shu masala ustida ishlayapmiz.

Yetakchilarning ketishi

- Bilasizmi, Mansur Saidov, Shukurali Po‘latov hamda Akmal Xolmatov kabi futbolchilarning o‘yini borasida hech qanday e’tirozlar yo‘q. Lekin qaysidir lahzalarda o‘zgarishlarga qo‘l urish - futbolning bir qismi. Fakt shuki, Mansur va Akmal o‘z omadlarini boshqa klubda sinab ko‘radigan bo‘lishdi. Shu bois, klub rahbariyati ular bilan kelishgan holda, munosib xayrlashdi.

Ketganlar o‘rnini

to‘ldirish

- Tez kunlarda safimizga 3-4 nafar futbolchi kelib qo‘shiladi. Ehtimol, asosiy mas’uliyat aynan yangi o‘yinchilarga yuklanar?..

Sobiq klubdagi

shogirdlar

- Avval ishlagan jamoalarimda o‘ynayotganlar orasida harakatlari ma’qul tushgan o‘yinchilar bor, albatta. Lekin ularning ismlarini hozircha aytmay turganim yaxshi. Ko‘pgina savollar yuqorida aytilgan ikki legionerning taqdiriga bog‘liq. Ularni ko‘rikdan o‘tkazib, keyin boshqa nomzodlar haqida bosh qotiramiz.

Legionerlar

- Xorijdan keladiganlar himoya chizig‘i vakillari. Bilasiz, Andrey Fyodorov futbolchilik davrida aynan shu pozisiyada to‘p surgan. Tabiiyki, ushbu chiziqqa ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan mavsum himoyaviy harakatlarimizda ba’zi nuqsonlar ko‘zga tashlangandi. Maqsadimiz - o‘sha xatolarni takrorlamaslik.

«Neftchi»ning obro‘sini tiklash

- O‘tgan yilgi tarkibning katta qismini saqlab qoldik. Futbolchilarning o‘rtacha yoshi 23-24 atrofida. Yoshlar ligasidagi jamoamizda ham iste’dodli, umidli o‘yinchilar o‘sib kelishyapti. O‘ylaymanki, tez orada «Neftchi» yana kuchli, raqobatbardosh jamoaga aylanadi.

Yoshlar jamoasidan asosiyga

- Ibrohim No‘’monov va Abdujamol Isroilov kabi yoshlar asosiy jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishmoqda. Menimcha, bu ikki futbolchi yangi mavsum kashfiyotlari safidan o‘rin olishadi. Shuningdek, Islom Toshpo‘latov, Xurshid Asqaraliyev, Anvarjon Aminjonov singari iste’dodlarni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ular astoydil mehnat qilishsa, ikki-uch yildan so‘ng «Neftchi» yetakchilariga aylanishadi.

Tayyorgarlik davom etadi

- 28 yanvar kuni Farg‘onada boshlanadigan «Hokim kubogi»da ikkita tarkib bilan ishtirok etamiz. Mazkur turnir yakunlangach, ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketamiz. Xorijda 5ta jamoa bilan kuch sinashish ko‘zda tutilgan.

Muxlislar

- Yangi mavsumda «Neftchi» ishqibozlarini xursand qilishga astoydil bel bog‘laganmiz. Umid qilamanki, jamoamiz 2017 yilgi chempionat va kubok bahslarida ancha-muncha yetakchi klublarga munosib qarshilik ko‘rsatadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:01, 28.01.2017.
O'qildi: 6096 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.