Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Hasanali Qodirov blogida: Har ishda o‘zaro ishonch muhim

Hasanali Qodirov blogida: Har ishda o‘zaro ishonch muhim

Baho:
+ | -

Sobiq Tashselmash tomonga birinchi marta keldim. Bunday sun’iy o‘t bilan qoplanib, baland temir to‘r bilan o‘ralgan futbol maydonchalarni ko‘chalarda ko‘p ko‘rasiz. “Obod” bazalaridan biri shu yerda ekan. Skladni eslatadigan, sirti alyukobon bilan qoplangan uy va sun’iy maysa to‘shalgan o‘lchamlari talabga javob beradigan futbol maydoni. Katta ko‘chadan o‘nga burilib pastga yo‘l yoqalab yura boshlagan edim. Futbol maydonini eslatuvchi hech narsa yo‘q edi. O‘ng tomonda shundoqqina yo‘l yoqasida ro‘paramda birdan futbol maydoni paydo bo‘lib qoldi. Kasbikomil (professional) futbol o‘lchamlariga ega bu maydon stadionga o‘xshamas ekan. Havaskor yigitlar pul to‘lab, to‘p tepib ketadigan  maydonchani eslatib, 6 metr baland qilib temir to‘rlar bilan o‘ralgan, ko‘chaga taqalib chiqqan, bejirim maydon ekan. Juda orasta, har bir qarich yeri hisobli, qarovli maydon va uning oldiga taqab qurilgan baza yo‘l yoqasidagi tejamkor ko‘rinishli, ostonasi supurilgan, xovlini eslatar ekan. Mashg‘ulot paytida ham o‘rta yashar bir ayol yo‘laklarni tozalar edi.

Har tomonlama to‘kis tugal, o‘z o‘yiniga, o‘z ishqiboziga ega kamtarin “Obod” futbol klubi ham Oliy ligamizda birdan paydo bo‘lib qoldi. U ”Chilonzor”, “Oq-tepa” klublari singari qanday ochilgan bo‘lsa, shunday yopilib ketadimi yo o‘ziga xos kamtarin klub bo‘lib, haqli ravishda Oliy ligamizda o‘zining doimiy o‘rniga ega bo‘ladimi? “Bunyokor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” kabi klublarning hashamati yonida ushbu kamtarin maydon egalari bir yilda ishqiboz xalqining mehrini qozondi. Qisqagina kamtarin nomi bilan dilda qoldi. Ko‘ngildan joy oldi. Barcha Obodliklarning: XonObod, Fayzobod, Mirobod, Gulobod, Dombirobod kabi Toshkentning “Obod” so‘zi bilan tugallanuvchi qadimgi mahallarining sevimli klubiga aylandi. Gadoning dushmani gado bo‘ladi, deganlaridek boy klublarimiz ishqibozlari bir-biriga tish qayrab yurishadi. “Obod”ga hamma o‘zgacha mehr bilan ishqibozchilik qilmoqda. Yurtimiz futbolchilari  o‘ynashni orzu qilgan boy klublarimizning ishqibozlari kundan kunga kamayib borgani bilan “Obod” klubining ishqibozlari ko‘payib bormoqda.

Davomi Hasanali Qodirov blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:54, 28.01.2017.
O'qildi: 8341 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.