Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

“Nasaf” – “Al-Hidd” o‘yinidan oldingi matbuot anjumani vaqti ma’lum

“Nasaf” – “Al-Hidd” o‘yinidan oldingi matbuot anjumani vaqti ma’lum

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi saralash doirasidagi “Nasaf” hamda “Al-Hidd” klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani 30 yanvar kuni soat 12:00da boshlanadi.

O‘yinoldi matbuot anjumni Bunyodkor stadioni anjumanlar zalida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Dastlab, soat 12:00da “Al-Hidd” klubi vakillari jurnalistlar savollariga javob bersa, matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” klubi vakillari ishtirok etishadi.

Shuningdek, mazkur uchrashuvdan oldingi rasmiy mashg‘ulotlar vaqti ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, dastlab “Nasaf” soat 15:00da rasmiy mashg‘ulotini boshlaydi. Bahraynning “Al-Hidd” klubi mashg‘uloti esa, soat 16:00da boshlanadi. Mashg‘ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV uchun ochiq tarzda o‘tadi.

Ma’lumot uchun, ikkala jamoa o‘rtasidagi o‘yin 31 yanvar kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 16:00da boshlanadi.

OCHL-2017, o‘tish bosqichi.
“Nasaf” (Qarshi) - “Al-Hidd” (Bahrayn)
31 yanvar.

Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. Soat 16:00 

Bosh hakam: Gamini Nivon Robish (SHri-Lanka)

Laynsmenlar: Loku Udayakantha, Vellabada Primalal (ikkisi Shri-Lanka)

Zaxira hakami: Rajakrishna Rajaratnam (SHri-Lanka)

Nazoratchi: Umar Muso Abu Loum (Iordaniya)

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:59, 29.01.2017.
O'qildi: 6266 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик