Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Vositachi ulushi

Vositachi ulushi

Baho:
+ | -

Futbol agentlari Qanday ishlashadi? Ayni payt jahon futbolini vositachilar - agentlarsiz tasavvur qilish qiyin. Umuman, agentlik eng serdaromad kasblardan biri sanaladi. Qarang, endilikda yilning eng yaxshi futbol agenti uchun ham alohida sovrin bor. Xususan, «tig‘i o‘tkir» Mino Rayola yaqinda Global Soccer Awards laureatiga aylandi. Shu munosabat bilan agentlik ishiga bog‘liq ayrim qiziqarli ma’lumot-faktlarni e’tiboringizga havola etishni lozim topdik. Ular Football Leaks konsorsiumi tarkibiga kiruvchi Mediapart portali (Fransiya) tomonidan taqdim etildi. Aytish joiz, ushbu portal oxirgi vaqtlarda futbol olamining moliyaviy ishlari yuzasidan berayotgan maqolalari bilan ajralib turibdi.

QOYIL RAYOLA

Zlatan Ibragimovich va Pol Pogba kabi yulduzlar ishini ustamonlik bilan olib borayotgan Mino Rayola chindan ham, professional darajadagi «kashfiyot»larga moyil. Diqqat qiling, u avvalgi yoz Genrix Mxitaryanni Dortmund «Borusiya»sidan «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tishini ta’minladi va 42 million yevrolik transferdan naq 20 foiz ulush oldi. Lekin bu hammasi emas. Chunonchi, ushbu kelishuvning g‘alati tomonlari juda ko‘p. Birinchidan, agentlik xizmati uchun undirilgan ulush foizi haddan ortiq baland. Ikkinchidan, Rayolaga tekkan haq futbolchining mukofot puli emas, aynan transfer summasidan olingan. Endi mazkur operasiyaning eng g‘alati tomoniga keldik - bu o‘ziga xos sug‘urta. Aniqroq aytsak, mabodo ikki klub o‘zaro kelisholmaganida ham, Rayola «Borussiya»dan pul olardi, baribir. Negaki, o‘rtada shunday shartlashuv bor edi. Xullas, agent bilan tuzilgan shartnomada qayd etilgan alohida bir bandga muvofiq, agar futbolchining o‘zi biror xaridor taklifini qabul qilsayu, klub bunga rozi bo‘lmasa, unda Rayolaga belgilangan summadan 10 foiz to‘lanardi. Boshqacha ifoda etsak, bordiyu, «Borussiya» Angliya klubining 40 millionli taklifini rad etganida, hech narsadan hech narsa yo‘q, Rayolaga 4 million yevro sanab berardi. Yutug‘i kafolatlangan lotereya chiptasi shu bo‘lsa kerak-da...

ODDIY FORMULA - OILAVIY BIZNES

Daniyalik Seren Lerbyuning uddaburoligiga ham qoyil qolmasdan iloj yo‘q. U shunchaki, o‘z xotini bilan oilaviy biznesni yo‘lga qo‘ygan. Ya’ni kelishuv chog‘i o‘zi bitta klub, xotini esa ikkinchi tomon manfaatlarini himoya qilgan. Gollandiyalik Uesli Sneyderning transferi bunga yorqin misol. Vaqtida «Ayaks» «Bavariya» «Monako» va PSVklublari sharafini munosib himoya qilgan bu yarim himoyachi 2013 yili «Galatasaray» safiga qo‘shilgandi. O‘shanda Lerbyu golland futbolchisi nomidan ish yuritgan bo‘lsa, uning xotini Turkiya klubi tomonida turgan. Xullas, muzokaralar jarayonida er va xotin bosh rolni o‘ynashgan. Shu tariqa oila byudjetiga ikki tarafdan ham komission haq tushgan. Oddiy aytganda, bir o‘q bilan ikki quyonni ovlash namunasi.

IMZO EVAZIGA JARAQ-JARAQ PUL

Yana bir agent Loran Gyutsmyut esa Fransiyada ishlash uchun talab etiladigan maxsus lisenziyaga ega bo‘lmagan hamkasblariga doimo yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor turadi. Xususan, uzoq Janubiy Amerikadan kelganlarga. Loranning o‘zi Fransiya pasportiga ega va argentinalik Xavyer Pastorening «Pari Sen-Jermen» klubiga transferida katta «ish» bajargan. Katta «ishi» shuki, u argentinalik va parijliklar o‘rtasidagi shartnomaga vositachi sifatida imzo chekdi - tamom. Keyin braziliyalik Tyago Silva bilan shartnoma muddatini uzaytirishda ham xuddi shu rolni o‘z zimmasiga oldi. Muhimi, Gyutsmyut birinchi holatda o‘z «dastxati» evaziga 10 ming, ikkinchisida esa naq 45 ming yevroni qurtday sanab oldi.

APPLEBAUM BAHOSI

Leverkuzenning «Bayer» klubi rahbariyati navbatdagi kelishuvlardan so‘ng agentlarga alohida murojaat qildi: «Iltimos, to‘lov hujjatlarida u yoki bu xizmatingiz aynan qancha turishini ko‘rsatib o‘tsanglar». Shunda 2015 yilning avgust oyida Xavyer Ernandes, ya’ni Chicharitoning «Manchester Yunayted»dan o‘tishida vositachilik qilgan meksikalik agentEduardo Applebaum barchasi erinmay, batafsil bayon etib, ko‘rsatilgan xizmat turlarini yaxlit ro‘yxatda taqdim qildi: «Jami 11 kunlik ish, 9 marta telefon orqali so‘zlashuv, 2ta e-mail- xabar, futbolchi va klub vakillari bilan 7 marta uchrashuv». Eng diqqatni tortadigan tomoni olihimmat janob Applebaum shuncha «yugur-yugur» uchun «atigi» 1,5 million yevrogina haq olgan. Xullas, bechora «Bayer» uning bir kunlik ishi uchun naq 136363 yevro to‘lagan. Eh, bunaqa daromadni hattoki, eng sara futbolchilar ham aqlga sig‘dirolmasalar kerak.

«SE» - H.MASAIDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:44, 30.01.2017.
O'qildi: 10273 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.