Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya bosh murabbiyi Iroq bilan o‘yindagi kutilmagan natijaga izoh berdi

Ispaniya bosh murabbiyi Iroq bilan o‘yindagi kutilmagan natijaga izoh berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya milliy terma jamoasi ustozi Luis de la Fuente Iroq terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Mazkur bahsda jamoalar kutilmaganda 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

«Ushbu uchrashuvda biz boshqa futbolchilarga ham imkoniyat berdik. Mundialga tayyorgarlikning yangi bosqichi boshlandi. Iroq terma jamoasining o‘yini meni yoqimli tarzda hayratda qoldirdi. Bu juda qiziqarli raqib ekan. Ular bizga ko‘plab muammolarni tug‘dirishdi va jiddiy bosim o‘tkazishdi», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Urugvay, Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari bilan to‘qnash keladi. Ushbu nufuzli turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:15, 05.06.2026.
O'qildi: 498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик