Fransiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi tayanch yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni Ispaniya La Ligasini Angliya Premyer-ligasiga almashtirishi mumkin.
The Times jurnalistlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» klubi hamon ushbu xavbek bilan shartnoma imzolashga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» fransiyalik futbolchini braziliyalik Ederson bilan juftlikda o‘ynatish uchun sotib olmoqchi. Qayd etish joizki, «Atalanta» klubi a’zosi (Ederson)ning transferi deyarli kelishib bo‘lingan.
Orelyen Tchuamenining transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 75 million yevroga baholanmoqda. Uning madridliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Yakunlangan mavsumda Tchuameni «Real» safida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.













