Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Andijon» nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

«Andijon» nazorat uchrashuvini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Farg‘onada o‘tayotgan «Hokim Kubogi-2017» turnirida ishtirok etayotgan andijonliklar bugun taqvimga ko‘ra dam oladi.

Shu bois murabbiylar bugun Andijonda «AOZK» jamoasiga qarshi nazorat sinov uchrashuvini tashkil etib, ko‘rikda bo‘lib turgan yoshlarni yana bir bor ko‘zdan kechirdi va kerakli xulosaga ega bo‘ldi deyish mumkin. Sho‘rbuloq dahasidagi sun’iy qoplamali maydonda o‘tgan uchrashuvda nisbatan tajribali bo‘lgan «Andijon»ning qo‘li baland keldi. Lekin «AOZK» jamoasi ham osonlikcha taslim bo‘lmadi. Ayniqsa ikkinchi bo‘limda yetarlicha tashvish tug‘dira oldi.

Uchrashuvda «Andijon» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Akmal Ergashev hisobni ochgan bo‘lsa. Ikkinchi taymda Shukur Jumaboyev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Uchinchi golga esa «Andijon» posboni Barakatillo Isroilov mualliflik qildi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida «AOZK» darvozasini qo‘riqlagan ushbu darvozabon kutilmaganda to‘pni qaytarishda xatoga yo‘l qo‘yib, o‘z darvozasini ishg‘ol etib yubordi.

«Andijon»: Barakatillo Isroilov, Ahror O‘ktamov, Shoyad Mullajonov, Botir Xolliyev, Mansur Maqsudov, Avaz Olimjonov, Diyor Usmonxo‘jayev, Farruh Bekmuratov, Farruh Mirzayev, Bobur Farhodov, Akmal Ergashev.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Davron Jo‘raqulov, Baxtiyor Qosimov, Abror Komilov, Shukur Jumaboyev, Alisher Abduvohidov, Jahongir Maqsudov.

Endi «Andijon» 2 fevral kuni Farg‘onada «Sementchi» jamoasiga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘radi.

Manba: fcandijon.uz
Kiritildi: 17:32, 31.01.2017.
O'qildi: 5163 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.