Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Qahramon Aslanov maqolasi: "Xalq jamoasi"

Qahramon Aslanov maqolasi: "Xalq jamoasi"

Baho:
+ | -

Roppa rosa uch yil oldin Joze Mourinyo Xuan Matani “Manchester Yunayted”ga sotgandi.

Aslida bu kelishuv yanvarning boshida hal qilingan bo‘lsa-da, londonliklar transferning rasmiylashishini oyning ikkinchi yarmiga cho‘zishgandi. Sababi, o‘sha yilning 19 yanvar kuni “Chelsi” “Manchester Yunayted”ni o‘z maydonida qabul qilgan va 3:1 hisobida mag‘lub etgan. Aynan o‘sha o‘yindan keyin transfer jarayoni tezlashib ketgandi. Menimcha, Joze hatto o‘sha bir o‘yin uchun ham raqibini kuchayishini istamagandi.

Qashqadaryo jamoasi “Nasaf” Osiyo chempionlar Ligasida to‘p surayotgan pallada xuan Mataning transferi haqida yozishim mantiqsiz. Ammo masala xalq jamoasi haqida borar ekan, Qashqadaryo jamoasi chetga chiqib turadi. Aslida “xalq jamoasi” degan atamaning ma’nosi ham shu – jamoa muxlislarining aytishicha, “Paxtakor”ga butun mamlakat bo‘ylab muxlislik qilar ekan. Bilmadim.

Endi tasavvur qiling, katta stadion. “Paxtakor” o‘ynayapti. Osiyo chempionlar ligasida emas, buni bilamiz, O‘zbekiston chempionatidagi bir raqibi bilan. Tribuna to‘la odam. Bir yarim mingta.

“Paxtakor” raqibiga 0:1 hisobida yutqazmoqda. Raqib kimligi qiziq emas. O‘yinning so‘nggi daqiqalari. “Paxtakor” tnmay hujum qilyapti. Tasavvur qildingizmi?

Shu payt stadion diktori “Xurmatli muxlislar, “Paxtakor” hujumchisi Jaloliddin Masharipovni o‘n million dollarga Qatarga sotib yubordi!!!” deb baqira boshladi. “Sotib yubordiiiiiiii” deb cho‘zib aytdi, baqirdi. Butun stadion larzaga keldi. Boshqa muxlislar, masalan Qashqadaryo jamoasi muxlislari “gooooooool” deb baqiradi-yu, shu kabi, xalq jamoasi muxlislari “puuuuuuuul” deb baqirib yubordilar. O‘yinning so‘nggi daqiqalari, hamma bir-birini quchoqlagan, tabriklagan, shapkalar tepaga otilgan...

Jamoa murabbiyi qo‘lini samalyot qilib maydon chetida aylanib yuribdi. Yordamchilari uni quchish uchun orqasidan yugurib yeta olishmayapti. Futbolchilar xursand.

1:0 hisobida yutayotgan narigi jamoa futbolchilari esa, boshini ushlab o‘tirib olishgan. Ularning murabbiyi asabiy, axir ular o‘z futbolchilarini o‘n millionga Qatarga sotishgani yo‘qku?

O‘yin tugadi. Muxlislar o‘yinni tark etishni istashmayapti. Hechkim ketgisi kelmayapti. Bu onlarni hamma birgalikda, yelkadosh bo‘lib o‘tkazmoqchilar. Qarsaklar tinmayapti. “Paxtakor”, “Paxtakor” degan hayqiriqlar stadion tugul, “Mustaqillik xiyoboni”ni ham tutib ketgan. U yerdagilar ham stadiondan kelayotgan ajib bir baxtning tovushini eshitib turibdilar. “Kimdir sotilibdi shekilli” deb qo‘yadi avtobus shoferi sherigiga.

Gurra gurra bo‘lib stadiondan chiqqan yosh bolalar avtobusni to‘ldiradilar.

“Nima bo‘ldi, natija?” - deb so‘raydi shofyor qiziqib. “O‘n million” deb javob berishadi bolalar deyarli xor bo‘lib. “Kim?” – “Masharipov” – “Malades”

Yaxshi bo‘ldi. Shahar kezayotgan insonlarning kayfiyati Toshkentga yanada chiroy bahsh etadi. Bugun uylarda toshoynalar sinmaydi. Bugun qizaloqlar kataysaga chiqishadi.

Utopiyaga o‘xshaydi-a? Lekin “Paxtakor” yetakchi futbolchisi Jaloliddin Masharipov “Lokomotiv”ga o‘tganini eshitib, hayron qoldim. Agar futbolchi sotib yuborilganda, boshqa gap, tushunardim – balki futbolchi murabbiy bilan chiqishmagandir, balki futbolchi Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynamoqchidir, balki... tushunaman.

Ammo ijaradan maqsad nima? “Paxtakor”ning asosiy maqsadi raqiblarini yutish, gol urish emas, futbolchilarini OCHL da, terma jamoada ko‘z-ko‘z qilib, Xitoy, Malayziya yoki Qatarga sotish bo‘lsa, g‘alati emasmi?

Aslida bunaqa jamoalar ko‘p. Yevropada ham. Lekin “Ayaks” ham, “Portu” ham, boshqasi ham, o‘z futbolchisini reklama qilish uchun “PSV”ga yoki “Benfika”ga ijaraga bermas. Axir futbolchining sotish maqsadi, jamoaning chempionlik uchun kurashish maqsadi bilan ters kelib qoladi-ku! Futbolchilarni OCHL da reklama qilish uchun, OCHL ga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilish mantiqan xalqboproq emasmi?

Xalq jamoasi muxlislari, ya’ni xalq nima uchun muxlislik qiladi endi?

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:33, 31.01.2017.
O'qildi: 8696 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.