"Arsenal" yarimhimoyachisi Aaron Remsi yana jarohat oldi. Futbolchi ushba mavsumning bir nechta o‘yinini jarohati sababli o‘tkazib yuborgan edi.
APLning 23-turida "Uotford" bilan uchrashuvning (1:2) 20-daqiqasida uelslik futbolchi yana jarohat olib, maydonni tark etdi.
"U tizzasidan jarohat oldi. U qancha vaqt o‘ynamaydi, bilmayman, ammo uning tizzasi aniq lat yegan", - deydi Venger.
Remsi ushbu mavsumda APLning 12ta uchrashuvida ishtirok etgan (6 - boshlang‘ich tarkibda).