«Manchester Siti» yarim himoyachisi Yahyo Ture Angliya Premyer-ligasining 23-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda (4:0) penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Kot-d’Ivuar terma jamoasining 33 yoshli futbolchisi Angliya chempionatida 11 marta penalti tepib, barchasini golga aylantirgan.
Bu APL doirasida penaltini bexato amalga oshirgan futbolchilar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.