Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» formasida yangi reklama paydo bo‘ladi

«Barselona» formasida yangi reklama paydo bo‘ladi

Baho:
+ | -

2027 yil iyul oyidan boshlab «Barselona» formasida Ohana qurilish kompaniyasining reklamasi joylashtiriladi. Kelishuv 2029/30 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi. Chempionlar ligasi o‘yinlarida esa Fundació Barça logotipi saqlanib qoladi.

Dastlabki uch yil davomida Ohana «Barselona»ga yiliga qariyb 10 million yevro to‘laydi. Klub allaqachon 2–3 million yevro miqdorida oldindan to‘lov olgan.

Umuman olganda, shartnoma 25 yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan. Dastlabki uch yildan keyin Ohana lisenziatga aylanadi va turar joy majmuasida «Barselona» brendi qo‘llanadigan davr uchun klubga 1 million yevrodan biroz ko‘proq mablag‘ to‘lab boradi.

Kelishuv hali rasman tasdiqlanishi kerak. Bu masala 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Barselona» a’zolari yig‘ilishida ovozga qo‘yiladi.

Kiritildi: 17:07, 05.09.2026.
O'qildi: 2245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик