Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Lutfullo Tursunov blogida: «Real»ning qarg‘ish tekkan «10-raqam»i

Lutfullo Tursunov blogida: «Real»ning qarg‘ish tekkan «10-raqam»i

Baho:
+ | -

Futbol tarixida 10-raqamning obro‘yi doim baland bo‘lgan. Pele, Maradona, Pushkash, Platini, Badjo, Matteus kabi afsonalar to‘p surgan ushbu raqam ostida.

“Real” klubi tarixida ham 10-raqam ostida yulduzga aylangan futbolchilar ko‘plab topiladi. Biroq ushbu raqamda Figu to‘p surganidan keyin vaziyat o‘zgardi. “Barselona”dan “Real”ga o‘tib, kataloniyalik muxlislar g‘azabiga uchragan portugaliyalik futbolchidan qarg‘ish tekkan “10-raqam” "Qirollik klubi"ga meros bo‘lib qoldi.

Keling, Figudan so‘ng “qaymoqranglilar” tarkibida to‘p surgan 10-raqam egalarini esga olamiz.

1. Robinyo (2005-2008)

Robson de Souza 2002 yili “Santos”ning asosiy tarkibida debyut o‘yinini o‘tkazadi va birinchi mavsumning o‘zidayoq 29 o‘yinda 10ta gol kiritadi. Aynan o‘sha mavsumda “Santos” 20 yillik tanaffusdan so‘ng Braziliya chempionatida g‘alaba qozonadi.

Katta futbolga shunday porlab kirib kelgan yosh yulduzni “yangi Pele” deb ata boshlaydilar. Ushbu voqealardan so‘ng, Madrid klubi o‘z skautlarini Braziliyaga jo‘nata boshlaydi.

“Santos” tarkibidagi o‘zining so‘nggi mavsumida Robinyo 28 uchrashuvda 24 gol urishga muvaffaq bo‘ladi. Shu yili yozda u Ispaniyaga ko‘chib o‘tadi. 2005 yili amalga oshgan transferda Robinyo uchun 25 million yevro to‘lanadi.

Bu vaqtda klubni Luish Figu tark etgandi va 10-raqam bo‘sh qolgandi. Braziliyalik futbolchi mamnuniyat bilan ushbu raqamni qabul qilib oladi.

Robinyoning “Qirollik klubi”dagi birinchi mavsumi eng yaxshisi bo‘lib qoladi: u mavsum davomida 12ta gol muallifiga aylanadi. Keyingi mavsumlar omadsiz kechadi.

2008 yili"Real" brazililik hujumchini“Manchester Siti”ga sotib yuboradi.

2. Uesli Sneyder (2008-2009)

2008 yilning avgustida “Ayaks”dan 27 million yevro evaziga Uesli Sneyder sotib olinadi. Dastlab, 23-raqam ostida o‘ynay boshlaydi (bu vaqtda Robinyo hali jamoani tark etmagandi), braziliyalik futbolchi ketishi bilanoq o‘ziga 10-raqamni tanlaydi.

Bu raqam ostida Sneyder "Real" tarkibidagi dastlabki o‘yinlardayoq og‘ir jarohat oladi va 3 oyga safdan chiqadi.

Keyingi yili klubni Florentino Peres qabul qilib oladi. U jamoadagi golland futbolchilar - Van der Vart va Robbenning javobini berib yuboradi. Klub prezidentida katta taassurot qoldira olmagan Sneyder ham “Inter”ga ravona bo‘ladi.

"Men bilan bo‘lgan voqea kamdan-kam bo‘lgan. Murabbiy (Pellegrini) mening qolishimni istadi, ammo klubda meni keraksiz deb hisoblaydiganlar ham bor" – degandi o‘shanda Uesli Sneyder.

3. Lassana Diarra (2009-2010)

"Real" barchani ajablantirib, hali ko‘pchilik tanimaydigan Lassana Diarrani 20 million yevro evaziga “Portsmut”dansotib oladi. Qizig‘i, “Portsmut” bu futbolchini bir necha kun avval “Arsenal”dan 9 million yevroga sotib olgandi.

Sneyder sotib yuborilgach, "Lass" o‘ziga mashhur 10-raqamni oldi. Ammo u “Real” tarkibida bu raqam ostida umuman iz qoldira olmadi.

4. Mesut O‘zil (2010-2013)

Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan JCH-2010 kashfiyotlaridan biri Mesut O‘zil klub prezidentining uddaburonligi tufayli “Real” safiga qo‘shiladi. Dastlab unga “Barselona” asosiy da’vogar edi. Futbolchining o‘zi ham kataloniyaliklar safiga qo‘shilish niyatini bildirgandi. Ammo Florentino Peres futbolchining nozik joyini topdi – otasi bilan kelishuvga erishdi.

Shunday qilib, Diarradan qolgan 10-raqam yangi yulduzga nasib etdi.

Avvaliga O‘zil uchun “Real” tarkibidagi faoliyati juda muvaffaqiyatli boshlandi. U jamoaning asosiy pleymekeriga aylandi. 2011 yili Joze Mourinyo qo‘l ostida “Barselona”ni finalda mag‘lub etib, Qirol Kubogini qo‘lga kiritdi.

Biroq Mourinyoning deyarli tarkibning barcha a’zolari futbolchilar bilan kelishmovchiligi avj olib bordi, ular qatorida O‘zil ham bor edi.

2013 yili Mourinyo jamoadan ketdi. O‘zil ham shu yili “Arsenal”ga sotib yuborildi.

5. 10-raqamli futbolchisiz yilda YECHLda 10-g‘alaba

Mesut O‘zil jamoani tark etgach, 10-raqam butun mavsum davomida bo‘sh qoldi.

E’tiborlisi, aynan shu yilda Desima - YECHLdagi 10-g‘alaba qo‘lga kiritildi.

6. Xames Rodriges (2014)

Xuddi Mesut O‘zil kabi Jahon chempionatida porlagan Xames Rodriges 2014 yilning 22 iyulida “Monako”dan 80 million yevro evaziga xarid qilindi.

Kolumbiyalik futbolchining ham “Qirollik klubi” tarkibidagi dastlabki mavsumi O‘zilniki singari muvaffaqiyatli kechdi. Muhim o‘yinlarda muhim gollarga mualliflik qildi. Ikkinchi mavsumdan esa uning o‘yinida pasayish kuzatildi. Jarohatlar, Rafa Benites bilan kelishmovchiliklar uning asosiy tarkibga qo‘shilishiga to‘sqinlik qildi.

Klub boshqaruviga Zayniddin Zidan kelgach, Xamesning imkoniyatlari oshishi kutilgandi. Ammo fransuz murabbiyi qo‘l ostida ham u hamon zaxira futbolchisi maqomidan ko‘tarila olgani yo‘q.

Luish Figu "Madrid"ni tark etganidan buyon 10-raqamli futbolka kiygan biror futbolchi klub istagan darajada barqaror o‘yin ko‘rsata olmadi. Ayrimlari ma’lum muddat juda yaxshi futbol namoyish etgan bo‘lsa-da, tez orada klubni tark etishga majbur bo‘ldi.

Xames Rodrigesni ham xuddi shu taqdir kutib turgani tobora oydinlashib bormoqda.

Lutfullo Tursunov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:25, 02.02.2017.
O'qildi: 14497 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.