Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlardagi go‘zallik va muxlislar ovozi saytga tashrif buyuruvchilarni ko‘paytirish uchunmi?

O‘zbekistonlik shaxmatchi qizlardagi go‘zallik va muxlislar ovozi saytga tashrif buyuruvchilarni ko‘paytirish uchunmi?

Baho:
+ | -

Chess.pw internet nashri shaxmatchi qizlarning eng go‘zalini aniqlash bo‘yicha 2 ta so‘rovnoma o‘tkazdi.

Birida o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonovaga g‘oliblik nasib qildi va u Miss Chess CIS so‘rovnomasi g‘olibi bo‘ldi. Ikkinchisida esa Sarvinoz Qurbonboyeva nomzodi Yevrosiyo—2017 g‘olibligi uchun kurashdi.

Yevrosiyo—2017 da g‘oliblik Sarvinozga nasib qilmadi. 7848 ta ovoz to‘plagan o‘zbekistonlik sportchi 2-o‘rin bilan cheklandi. 1-o‘rindagi qozog‘istonlik Jansaya Abdumalik esa 9136 ta ovoz to‘plashga erishdi.

Bu holat Facebook’ning o‘zbekistonlik foydalanuvchisi bo‘lgan Rasulbek Abdurasulovning e’tiborini tortdi va u o‘z sahifasida bu borada post yozib qoldirdi.

Abdurasulovning fikriga ko‘ra, chess.pw sayti administratori o‘zbekistonlik va qozog‘istonlik internet foydalanuvchilar kuchidan foydalanib, saytga tashrif buyuruvchilar sonini oshirib olish niyatida. Boisi saytga tashrif buyurgan o‘zbekistonliklar son bo‘yicha qozog‘istonliklardan 5 marta ko‘proqni tashkil qilgan — 53 foizga 11 foiz.

Biroq g‘oliblik qozog‘istonlik shaxmatchiga nasib qilgan. «Sizningcha, o‘zbekistonliklar ham qozog‘istonlik qizga ovoz bermoqdami? Men unday o‘ylamayman. Yaxshi emas, hurmatli Marat Mulkubayev», — deb yozib qoldirgan post muallifi. Bunda u statistika uchun www.siteprice.org diagrammasidan foydalangan.

Post uchun qoldirilgan izohlarda Abdurasulov adminlar saytga tashrif buyuruvchilar sonini shu yo‘l bilan oshirib, keyin uni sotib yuborishlarini taxmin qilgan. Bunda O‘zbekiston va Qozog‘istonning eng oldi nashrlari o‘z xabari orqali chess.pw saytiga o‘quvchilarini taklif qilgani, Facebook’da o‘n minglab o‘quvchilari bor guruhlar sayt targ‘iboti bilan shug‘ullangani aytilgan.

Sherzod Turdiyev ismli foydalanuvchi o‘zbekistonliklar adashib birinchi o‘rinda qayd etilgan qozog‘istonlik shaxmatchiga ovoz beraverganini taxmin qilgan. Shuningdek, shaxmatchilar bilan sayt egasi bog‘lanib, ularning ruxsatini olgani haqida aytgan. Qozog‘iston OAVlari nisbatan faolroq bo‘lgani uchun, Jansaya Abdumalik peshqadam bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, chess.pw sayti o‘z sahifasida OAVlariga minnatdorchilik bildirib, ularning nomini ham keltirib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning 18 ta eng oldi internet nashrlari qayd etilgan, Qozog‘istonda esa bu ko‘rsatkich ikki barobar kamroq — 9 ta.

Chess.pw sayti so‘rovnomani nima maqsadda o‘tkazayotgani hech qayerda yozilmagan. Unda ishtirok etuvchi shaxmatchilar ma’lum bir kriteriyalar asosida tanlab olinadimi yoki shaxmatchilarning o‘zi ruxsat bersaginami, ochiqlanmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:49, 03.02.2017.
O'qildi: 5611 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.