Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Devis kubogi. O‘zbekiston J.Koreyani mag‘lub etdi

Devis kubogi. O‘zbekiston J.Koreyani mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Terma jamoalar o‘rtasida tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogi musobaqasining 2017 yildagi ilk bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Osiyo/Okeaniya mintaqasida ishtirok etayotgan ushbu terma jamoalar o‘rtasidagi o‘yin Koreyada bo‘lib o‘tayotgan bo‘lib, dastlabki ikki kun natijalariga ko‘ra hamyurtlarimiz 2:1 hisobida oldinga chiqib olgandi.

Bugun musobaqada yana yakkaliklar o‘rtasida bahslar boshlandi. Dastlab O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin raqibning 1-raqamli tennischi Xyon Chungga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Biroq koreyaliklar, Xyon Chung dastlabki 2 kun davomida 5ta setli o‘yinlarda ishtirok etgani uchun bo‘lsa kerak, uning o‘rniga jamoaning uchinchi tennischisi Sun Vu Kvonni qo‘yishga qaror qilishdi.

Ushbu tennischi birinchi setda Istominni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi — 6:3. Ikkinchi bo‘limda ham oldinda borayotgandi, biroq Denis qayta breykni amalga oshirdi va setni tay-brekkacha olib borib, unda 7-5 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchinchi setda hamyurtimiz osongina g‘alaba qozondi — 6:2. To‘rtinchi setda Istomin breyk hisobiga oldinda borayotgandi. Ammo Sun Vu Kvon hisobni tenglashtirdi va bahs yana tay-brekkacha davom etdi. "Lotereya"da mezbon sportchisi osonlikcha "jon" berishni istamadi. U hamyurtimizning naq 5 marta matchboldan foydalanishiga yo‘l qo‘ymadi. Nihoyat, Istomin oltinchi imkoniyatdan samarali foydalandi — 14:12!

Natijada set, match va to‘qnashuv taqdiri hal bo‘ldi. Janubiy Koreya - O‘zbekiston - 1:3.

Bugun Duk Xi Li va Sanjar Fayziyev o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston tennis terma jamoasi keyingi bosqichda Yangi Zelandiya - Hindiston juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. Bu to‘qnashuv 7-9 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Devis kubogi. Osiyo/Okeaniya mintaqasi
Sun Vu Kvon - Denis Istomin - 1:3 (3-6, 6-7 (5), 2-6, 6-7 (12)).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:47, 05.02.2017.
O'qildi: 9309 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.