Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Babayan Turkiyadagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Babayan Turkiyadagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi.

Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premyer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan, 11 fevral kuni esa Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Bobur Yo‘ldoshev (“Lokomotiv”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Akram Komilov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboyev (“Lokomotiv”), Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Shohruz Norxonov (“Obod”).

Bo‘lajak yig‘in FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulotlariga taklif etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, JCH–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:07, 06.02.2017.
O'qildi: 15833 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик