Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ixtiyor Toshpo‘latov: «Mash’al»dan qarzdor bo‘lib qolaveraman

Ixtiyor Toshpo‘latov: «Mash’al»dan qarzdor bo‘lib qolaveraman

Baho:
+ | -

Iste’dodli futbolchimiz Ixtiyor Toshpo‘latov Muborakka kelib, «Mash’al» akademiyasi tarbiyalanuvchilariga hamda klubga minnatdorchilik ramzi sifatida «ROISON» televizorini sovg‘a qildi.

Futbolchining tashrifi chog‘ida undan o‘zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.

-YAngi mavsumni ham Jizzaxliklar safida o‘tkazasiz, Fayziyev jamoasidan yangi mavsum nimani kutsak bo‘ladi?

Meni futbolchi degan nomga sazovor qilgan va sababchi bo‘lgan yagona jamoa bu so‘zsiz «Mash’al»dir. Shunday ekan, Muborak xalqi va «Mash’al»dan bir umr qarzdor bo‘lib qolaveraman. Muborakda o‘sdim ulg‘aydim do‘stlar orttirdim, professional bo‘lib tanildim, men bu jamoaning a’zosiman va bundan faxrlanaman.

-YAngi mavsum jamoamiz yanada mazmunli o‘yin namoyish etishi aniq , Davron Fayziyev tajribali mutaxassis shunday ekan har xolda “So‘g‘diyona” ochko ulashuvchi jamoa bo‘lmasligi aniq.

-Bu mavsumda «Mash’al» imkoniyatlarini qanday baholagan bo‘lardingiz?

-Bilasizmi o‘tgan mavsumda «Mash’al» esda qolarli darajada o‘yin namoyish etdi. «Paxtakor» va “Nasaf” Muborakda ojiz qoldi, «Bunyodkor» esa ikki bahsda ham «Mash’al»ni mag‘lub etolmadi.

O‘z maydonida mamlakat chempioni «Lokomotiv»ni mag‘lubiyatga uchratgan «Buxoro» har ikki o‘yinda «Mash’al»ga imkoniyatni boy berdi. Bu mavsumda “Gazchilar” yana ko‘pgina gigantlarimizni chorasiz qoldira oladi. Men yuqori baholayman albatda.

-Ko‘pgina Muboraklik muxlislar sizni «Mash’al»dan butunlay ketgan deb o‘ylashadi.

-Men «Mash’al» bilan amaldagi shartnomam 2018 yilga qadar tuzilgan. Hali yana «Mash’al» libosi ostida ko‘p bora maydonga tushaman.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 12:37, 07.02.2017.
O'qildi: 6206 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.