Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Yevropaning bosh bilan o‘ynashda eng mohir futbolchilari

Yevropaning bosh bilan o‘ynashda eng mohir futbolchilari

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 23-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Lasio» futbolchisi Marko Parolo «Peskara» darvozasini uch bora boshi bilan ishg‘ol qildi.

Shu asnoda e’tiboringizga ushbu mavsumda Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida bosh bilan eng ko‘p gol urgan futbolchilar o‘nligini taqdim etamiz. Nihoyat ushbu to‘purarlar ro‘yxatida Messi ham, Ronaldu ham yo‘q.

O‘ninchi o‘rindan bir yo‘la ikki futbolchi joy olgan: «Monako» futbolchisi Valer Jermen va «Torino» hujumchisi Andrea Belotti boshi bilan raqiblari darvozasiga 11 martadan zarba berib, ulardan 4 tasini golga aylantira olgan. 8-9-o‘rinlardagi «Everton» hujumchisi Romelu Lukaku va Dortmundning «Borussiya»si to‘purari Per-Emerik Obameyang bosh bilan urilgan 4 ta golni 9 urinishdayoq uddalagan.

Yettinchi o‘rinda «Tottenhem» futbolchisi Dele Alli bo‘lib, uning bosh bilan yo‘llagan besh zarbasidan to‘rttasi aniq chiqqan. Oltinchi o‘rindagi «Inter» yetakchisi, to‘purari va sardori Mauro Ikardi esa bosh bilan zarba yo‘llashda ancha yuqori ko‘rsatkichga ega: 27 ta. Biroq ularning faqatgina beshtasi golga aylangan.

Beshinchi o‘rindagi «Vest Bromvich» hujumchisi Salomon Rondon ham bosh bilan zarba yo‘llashda Ikardidan qolishmagan: 23 ta. U ham argentinalik hujumchi singari ushbu zarbalarning beshtasini golga aytira olgan. Boshi bilan aynan shuncha gol urgan «Real Sosedad» to‘purari Villian Jozega esa bunga erishish uchun 16 urinish kifoya qilgan.

Kuchli uchlikni boshi bilan 11 urinishda 5 ta gol urgan «Arsenal»ning fransiyalik hujumchisi Olivye Jiru ochib beradi. Ikkinchi o‘rinda tabiiyki Madridning «Real» klubi himoyachisi va sardori Serxio Ramos turibdi: uning boshi bilan yo‘llagan 10 zarbasidan 5 tasi golga aylangan. Nihoyat bu boradagi yetakchi «Vest Hem» hujumchisi Maykl Antonio bo‘lib, uning boshi bilan yo‘llagan 14 zarbasidan 6 tasi hisob o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 14:48, 07.02.2017.
O'qildi: 9319 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.