Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Ro‘ziqul Berdiyev: "Omad raqibimiz tomonida bo‘ldi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Omad raqibimiz tomonida bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Qarshining “Nasaf” jamoasi safarda Saudiya Arabistoni vakili “Al-Fath” bilan o‘zaro bahs olib bordi. Musobaqaning guruh yo‘llanmasi uchun kechgan o‘yinda saudiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumada qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishitrok etdi va o‘yin haqida quyidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugungi uchrashuv taqdirini standartdan urilgan bitta gol hal qildi. Uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsam, “Al-Fath” biz kutgan o‘yinni ko‘rsatdi. Kecha aytib o‘tganimdek, raqibimizda jamoaviy o‘yin yaxshi, qolaversa Andre Monteyrodek shaxsiy mahoratga ega futbolchilar bor. Aynan ushbu o‘yinchining “Al-Fath”ga bugun foydasi katta bo‘ldi.

Rejamiz bo‘yicha, birinchi bo‘limda darvozamiz dahlsizligini saqlab qolib, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish edi. Afsuski, birinchi bo‘lim oxirlarida Dragan Cheran gol urish uchun mavjud imkoniyatdan foydalana olmadi. Agar birinchi bo‘lib gol urganimizda, o‘yin taqdiri boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi. Umuman “Al-Fath” himoyachilari ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Qolaversa, bugungi uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Omad esa “Al-Fath” tomonida bo‘ldi, — deydi Ro‘ziqul Sa’dullayevich. 

Manba: darakchi.uz
Kiritildi: 10:32, 08.02.2017.
O'qildi: 9372 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик