Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Eldor Shomurodov: «Bu sovrin meni yana ham kuchli qiladi»

Eldor Shomurodov: «Bu sovrin meni yana ham kuchli qiladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Eldor Shomurodov uchun 2016 yilgi mavsum chinakamiga omadli keldi. «Bunyodkor»dagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng uning muxlislari soni yanada ortdi. Shomurodovning samarali harakatlari termamiz murabbiylar shtabi nigohidan chetda qolmadi. Eldor bosh jamoa safida ham o‘zini ko‘rsatdi. O‘z navbatida, uning muvaffaqiyatlari gazetamiz sahifalarida aks etdi. Aniqrog‘i, Eldor Shomurodov yil davomida oliy liga tur yakunlariga ko‘ra, «Eng ko‘p e’tirof etilgan futbolchi» sovriniga loyiq ko‘rildi. «Bunyodkor» stadionida tashkil etilgan tadbirda biz «InterFutbol» gazetasining maxsus sovrinini o‘z sohibiga tantanali ravishda topshirdik.

- Eldor, avvalo, sizni gazetamiz o‘quvchilari nomidan ushbu sovrin bilan bilan tabriklaymiz.

- Rahmat. Albatta, bu e’tirof menga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi. Agar ja-moadoshlarim bo‘lmaganida shu darajada sermahsul o‘yin namoyish eta olmasdim. Buning uchun klubdagi barcha she-riklarim, menga ishonch bildirgan murabbiylar, may-don tashqarisida qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

- OCHL «pley-off» uchrashuviga tayyorgarlik BAAda o‘tkazildi. Dubaydagi yig‘in va undagi harakatlaringizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Amirliklarda qulay sharoitlarda tayyorgarlik ko‘rdik. O‘zimiz uchun foydali bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Raqiblarimiz kuchli edi. Afrika millatlar kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Gana terma jamoasi bilan o‘ynadik. Shotlandiyaning ko‘zga ko‘ringan klubi -  «Aberdin»ga qarshi to‘p surdik. Mazkur bahslarda katta tajriba to‘pladik.

- Jamoaning serbiyalik yangi futbolchisi qanday taassurot qoldiryapti? «Bunyodkor» o‘yiniga qo‘shilib ketdimi?

- Legionerlarda jamoamizga moslashish jarayoni yaxshi ketyapti. Chemirtan o‘tgan yili «Buxoro»da o‘ynagandi. O‘zbek futbolidan xabardor, unga deyarli qiyin bo‘lmayapti. Murabbiylarning yangi o‘yinchilardan umidlari katta.

- «Al-Jaish»ni nimaning evaziga mag‘lub etish mumkin?

- Birinchi galda kuchli jamoaviy o‘yin ko‘rsatish lozim. Bu klubda legionerlar katta hajmdagi ishni amalga oshiradilar. Ular orasida hamyurtimiz Sardor Rashidov ham bor. Sardor aka mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazyaptilar. O‘z gollari bilan «Al-Jaish» g‘alabalariga katta hissa qo‘shyaptilar. OCHLda O‘zbekiston nomidan qatnashamiz. Buni biz - futbolchilar aslo unutmasligimiz lozim. Mazkur omil qo‘shimcha mas’uliyat ham yuklaydi. Shu narsa bizga kuch bag‘ishlashi kerak. O‘ylaymanki, 7 fevral kungi o‘yinda g‘alaba qozonib, yurtimizga ochiq yuz bilan qaytib kelamiz.

- «Pley-off»ning bitta o‘yindan iborat ekanligiga munosabatingiz qanday?

- Bu OFKning qarori. Uni barchamiz hurmat qilishimiz lozim. Bitta o‘yinga har qanday holatda ham yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish mumkin. Odatda, «pley-off» bahslari bizga omad keltirgan. Ana shu yoqimli an’anani davom etiramiz, degan umiddaman.

- Mehmonda kuchli raqibga qarshi to‘p surishga tayyormisizlar?

- O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi, deyishadi. Umid qilamizki, bu maqol 7 fevral kungi o‘yinda, bir safarga bo‘lsada, o‘z kuchini yo‘qotadi. Maydonga faqat g‘alaba uchun tushamiz.

- Sardor Rashidov bilan hali mazkur bahs yuzasidan gaplashmadinglarmi?

- Yo‘q, lekin raqib jamoa o‘yinlarini kuzatib boryapmiz. Har bir futbolchini individual tarzda o‘rganyapmiz.

- «Bunyodkor»da qolishingiz yuz foizga aniq bo‘ldimi yoki hali qaror qabul qilinmadimi?

- Hali bir yillik shartnomam bor. Katta ehtimol bilan mavsumni «Bun-yodkor»da boshlayman. Hozir bor e’tiborim «Al-Jaish»ga qarshi kechadigan muhim uchrashuvga qaratilgan.

- Demak, boshqa variantlarni ko‘rib chiqmaysiz, shundaymi?

- Agar takliflar bo‘lsa, klublar «Bunyodkor» rahbariyatiga murojaat qilishadi. Ularni ko‘rib chiqishadi.

- Lekin baribir, o‘zingizni xorij klubida sinab ko‘rishga qarshi emassiz...

- Albatta. Bu har bir futbolchining orzusi hisoblanadi. Shu maqsadda ProSports Management bilan shartnoma imzoladim. Rossiyaning mazkur kompaniyasi futbolchilarni xorij klublariga tavsiya qilish va joylashtirish bilan shug‘ullanadi.

- ProSports Management sizga qanday variantlarni taqdim etdi?

- Hali hech qanday klubni taklif qilishmadi. Shartnomaga ko‘ra, ular menga jamoa topishadi va birinchi galda «Bunyodkor» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazishadi.

- Tanlash imkoniyati tug‘ilsa, qaysi davlat klublari taklifini ko‘rib chiqasiz?

- Kelajagim va o‘sishim uchun Yevropa jamoalaridan tushadigan takliflarni o‘rganaman. Osiyoda o‘ynashga hali ulguraman (kuladi).

- O‘z pozisiyangizdagi qaysi futbolchilarning uslublari yoqadi?

- Avval Didye Drogbaning o‘yinlarini kuzatib borardim. Hozir esa Fernando Torresning muxlisiman. Uning uslubi menga yoqadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 08.02.2017.
O'qildi: 13191 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.