Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Yaqin kelajakda kim «Barselona» yetakchisiga aylanishi mumkin?

Yaqin kelajakda kim «Barselona» yetakchisiga aylanishi mumkin?

Baho:
+ | -

Savol: yaqin kelajakda kim «Barselona» yetakchisiga aylanishi mumkin? Bu ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Jumladan, FootballHD.ru sayti ham ayni savol ustida bosh qotirib ko‘rdi. Sir emas, «Barsa» yosh iqtidorlarni ilg‘ash masalasida ustasi faranglardan. Deylik, kataloniyaliklar oxirgi yillarda transferlar bozorida faollik ko‘rsatib, Denis Suares, Samuel Yumtiti, Lyuka Din, Mark Andre ter Shtegen va Andre Gomesh kabi futbolchilarni o‘z saflariga qo‘shib olishdi. E’tiborli tomoni, xarid payti bu yigitlarning hech biri 22 yoshga ham to‘lgan emasdi. «Barselona»ning umidli yoshlarga nisbatan mehr-muhabbati balandligini inobatga olib gapirsak, Ispaniya chempionatida bosh ko‘tarayotgan yangi iste’dodlarning navbatdagi guruhi ham Kataloniya klubidan qo‘nim topishi mumkin. Xo‘sh, bunday sharafli o‘tishga kimlar nomzod? Gap 22 yoshdan kichik o‘yinchilar haqida bormoqda. Demak, har ehtimolga qarshi, ayrim yigitlar bilan birrov tanishib qo‘yamiz.

Alexandro Poso. Hozircha segundadato‘p surish bilan kifolanayotgan Posoni primeroning bo‘lajak yulduzi sifatida ta’riflashga hali erta. Lekin uning nimalarga qodirligini ko‘rsatib, ko‘plab jamoalar murabbiylarini o‘ziga qaratayotgani ayni haqiqat. Umuman, Alexandroni «Barsa»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar 2016 yilning yozida boshlangandi. Poso aslida hujum chizig‘ining xohlagan nuqtasida o‘ynashga qodir, lekin qanotlarni xush ko‘radi. Texnika, tezlik va iqtidor - yigitcha bularning birortasidan bebahra qolgan emas. Xullas, o‘z o‘yini bilan «Barsa»ga tez moslashib ketadigandek taassurot uyg‘otmoqda. Poso bor-yo‘g‘i 17 yoshda. Demak, u qaysidir grand safiga qo‘shilishdan oldin «mayda»roq klubda o‘ynab turish imkoniyatiga ega.

Pablo Fornals. La-liganing kashfiyot yarim himoyachilari haqida so‘z borganida, negadir «Malaga»dagi Pablo Fornalsni esdan chiqarib qo‘yishmoqda. Vaholanki, u o‘z jamoasining muhim bo‘g‘iniga aylanib ulgurdi. Texnik tomonlama muammolari yo‘q, ikki oyog‘i bilan ham birdek o‘ynaydi va muhimi, hech narsadan cho‘chimaydi. Ha, gohida uning uzatmalari tavakkalga yo‘g‘rilgandek ko‘rinadi, lekin «Malaga»ning asosan qarshi hujum taktikasiga tayanishiyu, bunda yarim himoyachilar shunday ish tutishga majbur bo‘lishlarini unutmaslik lozim. Fornals - raqiblardan to‘pni olib qo‘yishga usta jangchi. Uni hattoki, qaysidir ma’noda «Bo‘lajak Serxio Buskets», deb maqtash ham mumkin. Statistikasiga qarang, endi 20 yoshini qarshilagan yigit Ispaniya oliy divizionida 50tadan ortiq o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.

Teo Ernandes. «Atletiko»ning yana bir iste’dodli tarbiyalanuvchisi. Lekin bu ro‘yxatga tushgan boshqa yigitlardan farqli o‘laroq, Teoni xarid qilish imkoniyati yuqoriroq. U Madrid klubi himoyachisi Lukas Ernandesning tug‘ishgan ukasidir. E’tiborlisi, xuddi akasi kabi orqa chiziqda to‘p suradi, ammo farqi shuki, Lukasga begona sanalgan chap tomonda harakatlanishni ma’qul ko‘radi. Ayni payt ijara kelishuvi bo‘yicha «Ala-ves»da o‘ynayotgan Teo  joriy mavsum klub uchun haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. Umuman, 19 yoshli o‘spirin «Atletiko» akademiyasidan ortiqcha muammosiz o‘tdi. Shak-shubha yo‘q, u bo‘lajak yetakchi, ammo qaysi jamoada? Shunisi hozircha no’malum. Xullas, agar «Barsa» raqobatchilari tarkibi kuchayishini xohlamasa, tezroq amaliy harakatni boshlashi kerak.

Maurisio Lemos. «Las-Palmas» himoyachisi joriy mavsum barqaror tarzda  o‘ynayotgani yo‘q. Ya’ni onda-sonda maydonga tushyapti. Shunga qaramay, dod solishga asos yo‘q, chunki u bor-yo‘g‘i 21 yoshda. Lemos o‘tgan yili La-liganing eng kuchli hujumchilariga qo‘rqmay qarshilik qilishi vao‘yinni a’lo darajada tushunishini isbotlagandi. Oxirgi vaqtlarda biroz sukut saqlayotganiga esa ortiqcha ahamiyat bermaslik kerak. Skautlar Maurisioni yil mobaynida kuzatib kelishdi va ular «Rubin»ning sobiq futbolchisi asli nimalarga qodirligini juda yaxshi bilishadi. Agar deylik, Ernandes «Barsa»ga qimmatroq ko‘rinsa, unda aynan Lemosga nazar tashlash mumkin. Umuman, uni zaxirada ko‘p qolib ketayotgani qaysidir ma’noda kataloniyaliklarga qo‘l kelishi ham hech gap emas.

Xorxe Mere. Himoya mavzusini davom ettirib, Xixonning «Spor-ting» jamoasi a’zosi Xorxe Merega to‘xtalmaslik - ayb. Zero, ushbu baquvvat markaziy himoyachi «Sporting» tarkibiga ajoyib tarzda moslashdi va hozirda hech narsadan cho‘chimay, muntazam o‘ynamoqda. To‘g‘ri, yosh yigitcha murakkab vaziyatlarda doim ham to‘g‘ri qaror chiqarolmaydi. Ammo eng muhimi, «barselonacha» harakatlanadi aksariyat hollarda. Bir qarashda, «Barsa» birinchi navbatda, aynan uning xaridi haqida bosh qotirishi lozim. Hozirning o‘zida harakat boshlasa zo‘r, lekin yana 1-2 yil sabr qilsa ham bo‘ladi.

Anxel Korrea. Bu yigit «Atletiko» tarkibida nimalarga qodirligini hali to‘la-to‘kis namoyish qilganicha yo‘q, lekin u mazkur ro‘yxatdagi eng taniqli o‘yinchidir, shubhasiz. Murosasizlikka yo‘g‘rilgan o‘yin uslubi va butun uchrashuv chog‘i charchoq bilmay, tinmay harakatlanishi maqtovga loyiq. Anxel shu xislatlari hisobiga o‘ta xavfli o‘yinchiga aylanadi. «Barsa»ga esa to‘rtinchi hujumchi ham ortiqchalik qilmaydi. Korrea Kataloniyaga ko‘chib o‘tgan taqdirda, o‘yin bobida ancha o‘sish imkoniyatiga ega bo‘lishi ehtimoli baland. Har holda, u deylik, Pako Alkaserdan ortiq bo‘lsa borki, aslo kam emas. Faqat bitta muammo bor - 21 yosh yigit milliy terma jamoada o‘ynashga ulgurdi va  shundoq ham jiddiy klubda o‘z o‘rnini topmoqda. Demakki, Korreaning transferi arzonga tushmasligi aniq. Lekin sifatli mahsulot qimmat turishini unutmaslik lozim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:59, 09.02.2017.
O'qildi: 13319 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.