Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Kelajakda futbolchilarning asosiy manbai Argentina bo‘ladimi?

Kelajakda futbolchilarning asosiy manbai Argentina bo‘ladimi?

Baho:
+1 | -

Dunyo futbolida eng bozori chaqqon futbolchilar doimo braziliyaliklar bo‘lib kelishgan. Lekin mening kuzatishlarimga ko‘ra oxirgi vaqtlarda argentinalik futbolchilarning jahon futbolida "ketmoni uchmoqda". Deyarli hamma chempionatda argentinaliklarni ko‘rish mumkin bo‘lib qoldi. Ayrim top-klublar safida bir emas, bir nechtalab argentinalik futbolchilar to‘p surishmoqda.

Braziliya futbolida esa qandaydur tushunarsiz holatlar hukmron. Shu ketish bo‘lsa avlodlar almashinuvidan so‘ng Jahon futboliga eng ko‘p futbolchi yetkazib beruvchi mamlakat Braziliya emas, balkim Argentina bo‘lib qoladi.

Hozir jahon futbolida eng katta maosh oluvchi futbolchilar ro‘yxatiga qarar ekanmiz, 1-o‘rinda Teves yillik 40 mln yevro atrofidagi daromadi bilan turgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda yana bir argentinalik Ezekyel Lavessini ko‘ramiz. 3-o‘rindagi portugaliyalik Ronalduni hisobga olmasak, 4-o‘rinda yana bir argentinalik Lionel Messi "Barselona" safida milionlar ishlab topmoqda.

Umumiy transferlar summasi borasidagi rekordlarda esa Anxel di Mariya 1-o‘rinda turibdi, 3-o‘rinda esa Iguain (barcha transfer summalarini qo‘shib chiqish nazarda tutilganda).

To‘g‘ri, braziliyalik futbolchilar ham kam bo‘layotganlari yo‘q. Ammo argentinalik futbolchilarning transfer bozoridagi yutuqlari allaqachon sezilmoqda. Qolaversa, argetinalik futbolchilar narx va maosh borasida braziliyalik arzongarov futbolchilarga nisbatan yaxshiroq shartnomalarga ega chiqishmoqda.

* * *

Keling, endi top klublarda necha nafardan braziliyalik va argentinalik futbolchilar to‘p surayotganini bir tahlil qilib ko‘raylik.

Ispaniya chempionati
"Real Madrid" (argentinaliklar - yo‘q / braziliyaliklar - 3)
"Barselona" (argentinaliklar - 2 / braziliyaliklar - 2)
"Atletiko Madrid" (argentinaliklar - 3 / braziliyaliklar - 1)
"Sevilya" (argentinaliklar - 6 / braziliyaliklar - 2)

Germaniya chempionati
"Bavariya" (argentinaliklar - yo‘q / braziliyaliklar - 2)
"Borusiya Dortmund" (argentinaliklar - yo‘q / braziliyaliklar - yo‘q)
"Leypsig" (argentinaliklar - yo‘q / braziliyaliklar - 1)
"Ayntraxt Frankfurt" (argentinaliklar - 1 / braziliyaliklar - 2)

Italiya chempionati
"Yuventus" (argentinaliklar - 2 / braziliyaliklar - 3)
"Milan" (argentinaliklar - 3 / braziliyaliklar - yo‘q)
"Inter (argentinaliklar - 5 / braziliyaliklar - 2)
"Roma" (argentinaliklar - 3 / braziliyaliklar - 5)

Angliya chempionati
"Manchester Siti" (argentinaliklar - 4 / braziliyaliklar - 3)
"Manchester Yunayted" (argentinaliklar - 2 / braziliyaliklar - yo‘q)
"Arsenal" (argentinaliklar - 1 / braziliyaliklar - 1)
"Chelsi" (argentinaliklar - yo‘q / braziliyaliklar - 3)

Fransiya chempionati
PSJ (argentinaliklar - 3 / braziliyaliklar - 4)

Demak, top-klublarda jami: argentinaliklar - 35 / braziliyaliklar 34.

* * *

Top-klublarda argentinaliklarning soni bittaga ko‘p bo‘lsa-da, butun dunyo miqyosida baribir braziliyalik futbolchilar ko‘pchilikni tashkil etishadi. Shunday bo‘lsada yuqridagi gaplarimni takrorlaydigan bo‘lsam, yaqin kelajakda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkun.

Xudoyberganov Ulug‘bek  (Bek_Uzbekistan)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:56, 10.02.2017.
O'qildi: 9965 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.