Opta superkompyuteri turnir boshlanishi arafasida terma jamoalarning Jahon chempionati — 2026da g‘olib chiqish imkoniyatlarini baholadi.
Mundialning bosh favoriti sifatida amaldagi Yevropa chempioni — Ispaniya terma jamoasi e’tirof etildi. Ikkinchi o‘rindan Fransiya milliy terma jamoasi joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Angliya yakunlab berdi.
G‘oliblikka da’vogar kuchli o‘nlikdan, shuningdek, Argentina, Portugaliya, Braziliya, Germaniya, Niderlandiya, Norvegiya va Belgiya joy oldi.
Mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. JCH-2022 final uchrashuvida «albiseleste» fransuzlardan ustun kelgan edi.













