«Chelsi» himoyachisi Kurt Zuma jamoadagi holati haqida gapirdi.
«Hozir eng muhimi – chempion bo‘lish. Jamoamning g‘alabalaridan xursandman. «Chelsi»dagi kelajagimni mavsum oxirida rahbariyat bilan muhokama qilib olamiz.
Albatta maydonga tushib, futbol o‘ynashni xohlayman. Chunki Fransiya terma jamoasidagi o‘rnimni yo‘qotishni istamayman» - dedi Zuma Daily Mail xabarida.